So’nggi yangiliklar

17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  2 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  5 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  15 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  9 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   22 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23

Dilshod Jo'raev: “Futbolda mag'lubiyat va g'alaba yonma-yon yuradi” Yangiliklar

Dilshod Jo'raev: “Futbolda mag'lubiyat va g'alaba yonma-yon yuradi”

Kecha chempionatimizning 20-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Unda Andijonning “Andijon” jamoasi o'z uyida Buxoroning “Buxoro” klubini qabul qilib yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuvdan so'ng “Andijon” klubi futbolchisi Dilshod Jo'raev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Kecha “Buxoro” klubi ancha mazmunli futbol namoyish etdi. Biz muxlislarimiz ko'z oldida hujumkor futbolni namoyish etmoqchi bo'ldik, ammo raqiblarimiz bizni qarshi hujumda jazolab ketdi. Avvaliga yo'l qo'ygan qo'pol xatolarimiz evaziga o'z darvozamizdan 2ta to'p olib chiqdik. SHunday bo'lsada hujumlarni aslo susaytirmadik va yanada katta kuch bilan oldinga o'tdik. Hisobni qisqartirgan bo'lsakda yana o'sha qo'pol xatolar tufayli raqiblarimiz yana ikki bor darvozamizni ishg'ol qildi.  

Bu futbol. Futbolda mag'lubiyat va g'alaba yonma-yon yuradi. Bahsdan so'ng kiyim almashtirish xonasida ham birinchi bo'lib muxlislarimiz haqida o'yladik. “Paxtakor”ni mag'lub etganimizdan so'ng o'z uyimizda ikkita alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Biz yangilangan tarkib bilan o'ynayapmiz. Bir safar yaxshi o'yin o'tkazsak boshqa safar yomon o'yin o'tkazyapmiz jamoada barqarorlik yo'q. Kechagi mag'lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so'rayman”, - deydi “Andijon” klubi futbolchisi Dilshod Jo'raev.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика