Dilshod Jabborov: "Maqsadimiz OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish"
16 mar 2018 19:10
Yangiliklar


Dilshod Jabborov: "Maqsadimiz OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish"
Superliga 3-tur doirasida "Navbahor" Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini o'z uyida qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv oldidan "Navbahor" klubi futbolchisi Dilshod Jabborov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ushbu bahsga har tomonlama tayyormiz. "Lokomotiv" juda ham tajribali jamo. U erda do'stlarim faoliyat olib borishadi. "Lokomotiv"da yaxshi xotiralar qolgan. "Temiryo'lchilar"ni mag'lubiyatga uchratishimiz shart. Bizning kuchimiz ahllikda. Biz ham "Lokomotiv"dan qolishmaymiz. Maqsadimiz OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish. SHuning uchun ham superliganing barcha uchrashuvlari finalga teng o'tadi", - deydi Dilshod jabborov
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar