So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  5 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Dilshod Hamroev: Yulduzlik kasali… Yo'q, bu illat bizdan yiroq Yangiliklar

Dilshod Hamroev: Yulduzlik kasali… Yo'q, bu illat bizdan yiroq

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatidagi zafarli ishtiroki hamon xalqimiz tomonidan keng muhokama qilinyapti, joylarda bayram shukuhi davom etyapti.

Muxlislarimizning shunday katta g'alabalarni juda-juda sog'inishgani Osiyo chempionlarini tantanali kutib olish marosimidayoq yaqqol ko'zga tashlandi.

Yarim tun va havo harorati -10 daraja bo'lishiga qaramay, Toshkent xalqaro aeroporti har qachongidan-da gavjumlashdi.

Ochig'i, yaqin orada qachon bunday voqelik kuzatilganini eslay olmadik. Futbolchilar dabdabali kutib olishga har tomonlama haqli edilar. Hukumat darajasida qaratilgan etibor esa quvonchli lahzalarning yuqori cho'qqisi bo'ldi.

Eng muhimi, Osiyo chempionati qahramonlari buyog'iga o'z ustilarida ishlashdan to'xtamasinlar. 2011 yili Meksikada o'tgan jahon chempionati chorak finaliga chiqib, o'ziga yarasha tarix yaratgan o'smirlar terma jamoamiz vakillarining keyingi yo'llari uncha ravon chiqmagani barchamizga malum, albatta.

Olimpiya terma jamoamiz darvozaboni Dilshod Hamroev bilan suhbat chog'i ayni mavzuga atroflicha to'xtaldik.

- Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz xalqimizga bayram kayfiyatini ulashganidan xursandmiz, - deya so'z boshladi Dilshod. - Darhaqiqat, yurtdoshlarimiz katta g'alabalarni sog'inib qolishgan ekan. Albatta, yutuq o'z-o'zidan kelgani yo'q. Buning zamirida kuchli etibor, yaratib berilgan sharoitlar turibdi.

Xitoy safari oldidan ham bizga katta dalda berishgan, ortga g'olib sifatida qaytishimizga ishonishgandi. Avvalo, shu ishonchni oqlaganimizdan xursandmiz. Kutib olish marosimi esa alohida mavzu. Ochig'i, bunday tantanavorlikni kutmagandik.

Muxlislar sovuqqa qaramay, yarim tunda juda iliq kutib olishdi. Aeroportdan to «O'zbekiston» mehmonxonasigacha borguncha yo'l chetidagi olomonni ko'rib, rosa hayratlandik. Hammasi uchun rahmat.

- Musobaqa shaxsan sizga nima berdi? Ilk o'yinda Qatar termasiga imkoniyat boy berilgach, guruhdan chiqolmaslik xavotiri yuzaga kelmadimi?

- Yaxshigina tajriba orttirganim aniq. Hayajon sezilgani yo'q. Aslida qatarliklar bilan bahsda ham mag'lubiyatga loyiq o'yin namoyish etmagandik. SHunchaki, omadimiz kelmadi. Lekin raqiblardan ustunligimizni his qilib turdik va «pley-off»ga chiqishimizga shubhalanmadik.

To'g'risi, zarracha xavotirga tushmadik. CHunki keyingi 2ta o'yinda g'alaba qozonish bilan xatoni to'g'rilash mumkin edi. Eng qiyin o'yin Xitoy termasiga qarshi kechdi. Zero, u har ikki jamoaning turnirdagi keyingi taqdiriga oydinlik kiritardi.

Muhimi, mezbonlar bosimiga dosh berib, minimal ustunlikni saqlab qoldik. Aynan shu g'alaba ham kuchimizga kuch qo'shdi.  

- Janubiy Koreya va Yaponiya termalari darvozasiga 4tadan gol urildi. Ochig'i, bunaqasini hech kim kutmagandi, o'zinglarchi?

- Har ikki raqibni navbati bilan obdon o'rgandik. Yaponlar bizga notanish emaslar. Ularni bir oycha oldin Tailandning Buriram shahridagi xalqaro turnir finalida penaltilar seriyasi bo'yicha mag'lub etgandik. Yani o'ziga xos ruhiy ustunlikka ega edik.

Qolaversa, Umid Ahmadjonov qo'ng'iroq qilib, Aktobedagi fojeada hayotdan ko'z yumgan hamyurtlarimiz hurmati va xotirasi uchun ham maydonda ikki hissa kuch sarflashimiz zarurligini uqtirdi. Biz esa aynan shunday qildik va engil g'alabalarga erishdik.

- Osiyo chempionatidagi g'alaba sizlarga qo'shimcha masuliyat yuklaydi. «Yulduzlik kasali»ga uchrab qolmaysizlarmi? Zero, 2011 yili Meksikada o'tkazilgan jahon chempionatida qatnashgan futbolchilarimizda shunday holat kuzatilgandi.

- Ha, bu zafar va etibor barchamizga masuliyat yuklaydi. Endi har bir qadamimizni o'ylab bosishimiz shart. «Yulduzlik kasali» bizdan yiroq. Bu haqda o'ylashga ham fursat yo'q.

Ishontirib aytamanki, Osiyo chempioni maqomi bizga faqat qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Yani o'z ustimizda ikki hissa ko'proq ishlab, yangi marralarni zabt etishga harakat qilamiz. Qisqasi, Xitoydagi muvaffaqiyat katta yo'lning boshlanishi, xolos.

- Dilshod, endi ozgina o'z haqingizda malumot bersangiz - futbol mashg'ulotlarini necha yoshda boshlagansiz, birinchi murabbiyingiz kim?

- Esimda, futbol to'garariga ilk marta borganimda, 2-sinfda o'qirdim. Keyinroq mashg'ulotlarni professional darajada davom ettirganman. Aqlimni tanibmanki, oilamizda futbol muhiti hukmron.

SHuning uchun  boshqa sport turini tanlay olmasdim ham. Akam SHerali Jo'raev bir necha yilki, «Qizilqum» sharafini himoya qilmoqda. Aynan unga ergashib, futbolga bosh suqqanman. Ilk qadamlarni esa Zarafshon shahrida tashladim. Yani professional faoliyatni «Progress» klubida boshlaganman.

Millionlar o'yini bo'yicha dastlabki saboqlarni Viktor Konstantinovich Pujalin va Viktor Ivanovich Tunyakindan olganman. Bugungi kunda Ignatiy Nesterov, Manuel Noyer, Andre ter SHtegen kabi darvozabonlarga havasim baland. Ular ishtirokidagi o'yinlarni muntazam kuzatib boraman va tabiiyki, nimalarnidir o'zlashtirishga harakat qilaman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика