So’nggi yangiliklar

20:39Тожикистон терма жамоаси сардори: "Биз бу ерга фақатгина иштирок учун эмас, ғалаба қозониш учун келганмиз"  0 20:06"Ал Насср" бош мураббий Луиш Каштруни вазифасидан озод этди  2 20:05Футзал ЖЧ. Ўзбекистон - Парагвай. (матнли трансляция)  20 20:05Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Васл" 0:1 (матнли трансляция)   73 20:00Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия — Хорватия (онлайн ҳисоб)  0 19:55 Ҳожимирзаев, Ғиёсов, Турсунов ва бошқалар — Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  1 19:39Марказий ўйин ғолиби, захирадан тушган легионер — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари  0 19:14Футзал бўйича ЖЧ. Таиланд Куба дарвозасига 10 та гол урди  3 19:09Самандар Ризомов: "Ўз вазиятларимиздан фойдалана олмадик. Мухлислар яратиб берган чиройли атмосфера учун раҳмат"  0 19:07Футзал бўйича ЖЧ. Коста-Рика ва Нидерландия муроса кўчасини танлашди  7 17:23Испания ва Қозоғистон бор гуруҳда Ливия пешқадам, Бразилия ва Португалия 10 тадан гол урди. ЖЧ-2024 1-турдан кейинги ҳолат  1 16:32"Реал" АПЛдан бир йўла 4 нафар футболчини ўз сафида кўрмоқчи  5 15:49Начо "Реал"дан "Ал Қодисия"га ўтгач, оиласидаги вазият ҳақида гапирди  2 15:18Боян Миладинович: "Ал Васл"да кучли мураббий ишламоқда, лекин "Пахтакор"га ишонаман"  9 14:59"Манчестер Юнайтед" собиқ форварди Грецияга йўл олади  1

Dilshod Hamroev: “Bu yil akamga qarshi maydonda birinchi bor to'qnash keldim” Yangiliklar

Dilshod Hamroev: “Bu yil akamga qarshi maydonda birinchi bor to'qnash keldim”

Teglar :  Dilshod HamroevObod
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi sobiq darvozaboni Dilshod Hamroev bu yil oliy ligada debyut qildi. "Qizilqum"dagi SHerali Jo'raevning ukasi bo'lgan posbon "Obod" klubida faoliyat olib bormoqda.
"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Dilshod Hamroev bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug'ilganman, - deb gap boshladi darvozabon. Hozirda Zarafshon shahrida istiqomat qilaman. Akam futbolchi, unga qiziqib men ham futbolga borganman. Zarafshon shahridagi “Progress” futbol maktabida futbolning ilk saboqlarini olganman. Birinchi murabbiyim Pujalin Viktor Konstantinovich bo'lgan. Bu kishi juda ham talabchan shu bilan birga mehribon. Yoshlarga qanday tarbiya berishning hadisini olgan. Men Viktor Konstantinovichga chuqur minnatdorchilik bildiraman. 7-sinfga qadar “Progress” futbol maktabida o'qiganman. Keyin “Bunyokdor” akademiyasi murabbiylari va rahbariyati o'yinlarimni kuzatib meni Toshkentga taklif qilishgan. Poytaxtga kelib ko'rikdan o'tganman va murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirganman. SHundan keyin o'qishni “qaldirg'ochlar” akademiyasida davom ettirishga qaror qilganman.



- Akangiz SHerali Jo'raev yarim himoyachi, siz nimaga darvozabon bo'lgansiz?
- Yoshligimda men hujumda o'ynardim. Gollar urishni yoqtirardim. Biroq birinchi murabbiyim mendan yaxshi darvozabon chiqadi deb o'ylab darvozani qo'riqlashga qo'ygan. Bir nechta o'yinlarda yaxshi harakat qilganimdan so'ng darvozabonga aylanganman.

- Agar raqib hujum qilsa sizda o'zingizni ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi. Yani seyvlar qilishingiz mumkin. Raqib hujum qilmasa siz deyarli o'yinda ishtirok etmaysiz. Jamoaingiz esa g'alaba qozonadi. Sizga qaysi biri maqul?
- Eng muhimi jamoaning g'alabasi. Har bir o'yinda bor kuchim bilan jamoam darvozasini qo'riqlayman. Barcha o'yinlarda umuman to'p kelmasa ham mayli (kuladi), jamoam g'alaba qozonsa mendan baxtiyor inson bo'lmaydi. Futbol jamoaviy o'yin, yutsa butun jamoa yutadi, yutqazsa butun jamoa...

- O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Jahon chempionatida qatnashgansiz...
- O'tgan yil Yangi Zelandiyada faoliyatimda birinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etdim. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa safida dunyo birinchiligida qatnashganimdan faxrlanaman. Jahon chempionatida o'z qitasining eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. SHu bois biz O'zbekiston nomini dunyoga taratishda ozmi ko'pmi xissa qo'shishga harakat qildik. Guruhda dastlabki ikki o'yindan so'ng qiyin ahvolda qolgandik. Oxirgi turda Fiji ustidan g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqqandik. Avstriya bilan bahsda kuchli jamoani Hamdamovning ikkita goli evaziga mag'lub etgandi. Jahonning eng kuchli 8 jamoasi orasiga kirdik. Afsuski chorak finalda Senegalga kichik hisobda yutqazib qo'yib yarim finalga chiqa olmadik. Yangi Zelandiyadagi mundialda tashkilotchilik juda yaxshi bo'lgandi. Undan oldingi Osiyo chempionati bilan solishtirsak Yangi Zelandiya mundialni juda ham yuqori saviyada o'tkazib berdi. O'yinlar bo'lib o'tgan stadionlarning holati yuqori darajada edi. Ushbu mamlakat iqlimi ham juda ajoyib ekan.



- O'tgan yil “Qizilqum”da ijarada o'ynadingiz. Lekin asosan yoshlar jamoasi safida o'ynadingiz. Oliy ligada maydonga tushmaganigizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- “Qizilqum” safida oliy ligadagi debyut uchrashuvimni o'tkazishni istagandim. Buning uchun mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishladim. Bunda hech kimni ayblay olmayman, murabbiylar qaroriga ko'ra ko'proq yoshlar jamoasida o'ynadim. Bundan tashqari jamoada raqobat ham kuchli edi. Qishda “Bunyodkor”ga qaytdim va yig'inlarda ishtirok etdim. Bu orada bir qator klublardan takliflar tushdi. O'zimga “Obod” klubining taklifi maqul keldi va oliy liga debyutanti safiga borib qo'shilishga qaror qildim. Oliy ligada birinchi o'yinimni “Obod” safida o'tkazganimdan xursandman.

- “Obod” haqida nima deya olasiz?
- Jamoadagi barcha bir-biri bilan juda ahil. Ichki muhit alo darajada. Murabbiylar o'z ishlarini professional tarzda bajarishadi. Ko'plab yosh futbolchilar oliy ligada o'zini ko'rsatishga urinmoqda. Bizda ishtiyoq juda kuchli. SHu bois ham yomon natija qayd etmayapmiz. Har o'yinda yigitlar bir-biriga dalda berib turadi.

- Bu mavsumda jamoadagi uchala darvozabon ham maydonga tushib ko'rdi. Darvoza chizig'ida raqobat qay darajada?
-  Darvozabonlar orasida kuchli va sog'lom raqobat mavjud. Kimni maydonga tushirishni faqat murabbiy hal qiladi. Har birimiz mashg'ulotlarda o'zimizni ko'rsatishga urinayapmiz. Kim o'ynasa qolganlar uni qo'llab turadi. Bir-birimizga tavsiyalar berib turamiz. Xato qilsak birga tahlil qilamiz.

- Yaqinda “Obod” - “Qizilqum” uchrashuvi bo'lib o'tdi. Navoiy klubi safida akangiz SHerali Jo'raev to'p tepdi. Bu akangiz bilan maydondagi birinchi to'qnashuvingiz bo'ldimi?
- Ha bu akam bilan birinchi to'qnashuvim bo'ldi. Uchrashuvdan oldin bor etibor o'yinga qaratilgani bois faqat bahs tugagach o'zaro gaplashdik. 2:2 hisobi qayd etilgani uchun ikkalamiz ham u qadar xafa bo'lganimiz yo'q.

- Akangiz tanbeh berib turadimi?
- Albatta! Har bir o'yindan so'ng gaplashamiz. Uchrashuv qanday o'tgani bilan qiziqadi, agar o'yinimni TV yoki sayt orqali ko'rsa qaerda qanday xato qilganimni aytib turadilar. Futbolchi bo'lib etishishimda aynan akamning xissasi juda katta bo'lganini faxr bilan ayta olaman.



- Ko'pchilik bu savolni bergan bo'lsa kerak. Nima uchun familiya bir xil emas?
- To'g'ri buni ko'pchilik so'raydi. Oilada to'rtta farzandmiz. Akam va katta opam Jo'raevlar, men va kichkina opam esa bobomning ismlari sharafiga Hamroev familiyasiga o'tganmiz.

- Oldin siz bilan ishlagan qaysi murabbiylarga rahmat aytishni istardingiz?  
- Yoshligimdan to'p tepishga o'rgatgan Pujalin Viktor Konstantinovichga, “Bunyodkor” akademiyasidagi birga ishlagan Rashid G'ofurov va Sergey Lushanga, “Qizilqum”da Hamid Aktamovga katta rahmat aytaman. Darvozabonlar murabbiylari Oleg Belyakov, SHavkat Abduxo'jaev, Marat Galimov va Bahtimurod Hayriddinovdan minnatdorman. Bundan tashqari O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi bosh murabbiy Ravshan Haydarovga ham rahmat deyman.

- Dilshod Hamroev nimani orzu qiladi?
- Orzuim avvalo yaxshi inson bo'lish va ota-onam istagandek farzand bo'lish. Futbolda esa yaxshi futbol bo'lish va kelajakda grand jamoa safida o'ynash.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика