Dilshod Andaev: “Xorazm” bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz”
09 iyu 2013 13:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/92490_original.jpg)
![](/upload/storage/92490_220.jpg)
Dilshod Andaev: “Xorazm” bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz”
Bugun birinchi liganing “G'arb” mintaqasida ham bir nechta o'yinlar jamoalarning keyingi taqdiriga oydinlik kiritadi.
Xususan Kosonda kechadigan “Alanga” – “Xorazm” bahsining ahamiyati yuqori. SHu bois bo'lajak o'yin oldidan “Alanga” bosh murabbiyi Dilshod Andaevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Dilshod aka, bugun birinchi bosqichning so'nggi o'yini bo'lib o'tadi. Jamoangizning “Xorazm”ga qarshi kechadigan bahsi juda muhim ekanligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, bo'lajak bahsga tayyorgarlik qanday?
- Haqiqatdan ham, bugungi o'yin ko'p narsaga aniqlik kiritadi. Garchi bizni mazkur o'yinda durang natijasi ham ikkinchi bosqichga chiqishimizni taminlasada, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.
- “Xorazm” ham yutuqni ko'zlab kelgani aniq. Bu jamoa haqida fikringiz qanday?
- Urganch jamoasi tarkibida ham bu yil asosan yoshlar harakat qilmoqda. Jamoa o'yini ham yomon emas. Ko'ramiz, bugun kim g'alaba qozonar ekan.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar