So’nggi yangiliklar

09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  5 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  1 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  3 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  12 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  95 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  8 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1

Dilshod Andaev: "Ikkinchi bosqichda barcha jamoani mag'lub etmoqchimiz" Yangiliklar

Dilshod Andaev: "Ikkinchi bosqichda barcha jamoani mag'lub etmoqchimiz"

Birinchi ligada ishtirok etuvchi "Mashal-2" jamoasi ikkinchi bosqichga yo'l oldi. Birinchi bosqichda "sakkizlik"ka kira olgan Andaev jamoasi , ikkinchi bosqichni turnir jadvalida pastgi pog'onada boshlaydi.

Murabbiy bilan bosqich yakuni va yangi bosqich borasida suhbatlashdik.

- Dilshod aka,  mana birinchi bosqich yakunlandi.  "G'arb" mintaqasida ishtirok etgan jamoangiz natijasidan qay darajada ko'nglingiz to'ldi? Birinchi bosqich haqida fikrlaringiz qanday?


Umuman olganda birinchi bosqichda ham,  ikkinchi bosqichda ham asosiy ko'zlagan maqsadimiz qaysidir pog'onani egallash emas.  Umuman natija men uchun ahamiyatsiz.  Birinchi bosqichdan esa ko'nglim to'lmadi.  Negaki futbolchilar o'yinlarda juda ko'p xatoga yo'l qo'ydi va bu xatolar oqibatida mag'lub bo'ldi yoki durang o'ynadi.  Maydondagi xatolar juda ham oddiy holatda bo'lgani meni tashvishlantirmoqda.  Birinchi liga futbolchisi degani bu endi ko'cha futboli emas degani.  Bu erda futbol tashkil etiladi.  Xatolar esa raqib tomonidan jazolanadi.  

Qiyin uchrashuvlardan maydonga tushgan futbolchilarimiz etarlicha amaliyotga ega bo'ldi. 18 ta uchrashuv bu kam emas. Hali oldinda yana 16 ta o'yin bor.  Tarkibimiz bu yilda juda ham yoshardi. Futbolchilarimiz asosiy tarkibga o'tkazildi. Yoshlarimizga esa mahorat etishmay qolgan bahslar bo'ldi.  

Maydonlar holati hamon o'nglanmaganidan xafamiz.  Xorazmda,  Kosonda,  Samarqandda juda ham yomon holatdagi maydonlarda o'ynadik.  Birinchi liganing maydonlariga ham qarashni fursati etdi.  Suniy maydonlar esa bu liga uchun mos emas.

- Ikkinchi bosqichga tayyorgarlik borasida nima deya olasiz?

Tayyorgarlikni hamisha eng birinchilardan bo'lib boshlaymiz.  Bu safar yozgi yig'inni tog'li hududda o'tkazdik va futbolchilarni jismoniy holatini tiklashni olib bordik.  SHundan so'ng oxirgi bosqichni Muborakda davom ettirdik.  Muborakda esa asosan amaliyot bahslariga qaratdik.  Nazorat uchrashuvlari orqali tarkibni shakllantirdik.  Tayyorgarlikni ko'nglim to'lgan.  Futbolchilarning jismoniy holati joyida va mavsum oxirigacha buni ushlab qolishiga ishonaman.  

- Birinchi bosqichdan so'ng tarkibda o'zgarishlar bo'ldimi?

O'zgarishlar bo'lgan.  Bazi futbolchilarga imkoniyat berdik va bu o'yinlarda o'zini ijobiy tomonini ko'rsata olmagan futbolchilar bilan xayrlashdik.  Undan tashqari bazi futbolchilarni ko'proq o'yin amaliyatiga ega bo'lish uchun boshqa klublarga ijaraga berishga qaror qildik.  Tarkibimizdan bir necha futbolchi esa yoshlar jamoamizga o'tgan.  SHu o'rinda aytib o'tishim kerakki yoshlar jamoamizdan besh-olti futbolchini birinchi ligaga o'tkazdik.  Ular ikkinchi bosqichda bizga yordam beradi deb o'ylayman.  Tarkibdagi o'zgarishlarni nomma-nom aytgandan foyda yo'q shekilli.  Bu futbolchilar hali birinchi bo'lib futbolimizda o'z nomiga ega bo'lishi kerak.  SHundan so'ng sanab o'tsam yoki nomlarini aytsam arziydi.  

- Ikkinchi bosqichdan nimalar kutmoqdasiz ? Belgilangan rejalar qanday?

Bizda bitta reja bor. Ikkinchi bosqichda barcha jamoani mag'lub etmoqchimiz.  Oldimizga qo'yilgan maqsad 16 ta o'yindan so'ng kamida besh futbolchini asosiy tarkibga etkazib berishdir.  Bu bosqich qiyin bo'ladi.  "SHarq" mintaqasi jamoalar asosan texnikaga asoslangan o'yin ko'rsatadi.  Barcha o'yin qiyin kechadi.  Tarkibimizdan asosiy jamoaga qancha ko'p futbolchi jalb etilsa bu birinchi ligadagi jamoaning yutug'i sifatida qabul qilaman.  Hech bir raqibni bizni jamoadan kuchli demagan bo'lar edim.  Hozir turnir jadvalida oxirgi pog'onalardan birida bo'lsak ham yakundan eng yaxshi joylardan birida bo'lamiz.  Yoshlarimizdagi shijoat meni ularga ishonchimni bildiradi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика