Dilshod Ahmadaliev: "Bunyodkor"dagi raqobatga tayyorman"
03 fev 2016 14:23
Yangiliklar
Dilshod Ahmadaliev: "Bunyodkor"dagi raqobatga tayyorman"
Biz tanishtiruv marosimi yakunlangach futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.
"Avvalo mana shu darajaga chiqishimga yordam bergan "Obod" klubiga va murabbiylarga katta rahmat aytaman. Bu klubda o'ynab ancha o'simshga erishdim deb o'ylayman. Endi "Bunyodkor" safida g'alabalarga erishmoqchiman".

"Bunyodkor" O'zbekistonning kuchli klublaridan biri, Osiyo chempionlar ligasida o'ynaydi. Har qanday bosimga tayyorman, murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman".
"Raqobat bo'lsa futbolchilarga yanada kuchayish uchun yordam beradi. Raqobatga tayyorman. Yangi mavsumda "Bunyodkor" bilan birga O'zbekiston chempioni bo'lmoqchiman. OCHLda yaxshi o'yin ko'rsatish maqsadimiz".
"Menga Sergey Lushan va Baxtiyor Boboev katta yordam berishmoqda. Futbolchilarning barchasi bir oiladek, o'zimdan katta bo'lgan barchadan nimadir o'rganishga urinayapman", - deydi Dilshod Ahmadaliev.
Narzulla Saydullaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar