Dilmurod Nazarov faoliyatiga nazar
10 okt 2015 15:19
Yangiliklar


Dilmurod Nazarov faoliyatiga nazar
Professional faoliyatini 1992 yil "Paxtakor" safida boshlagan. Ikki yil davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan Dilmurod Nazarov O'zbekiston chempioni (1992) va O'zbekiston kubogi (1993) sohibiga aylandi.
1993 yil Qozog'istonning "Ordabasi" klubida o'ynab yana "Paxtakor"ga qatdi. Uch yil davomida "sherlar" safida yana chempion (1998) va kubok sohibi (1997) bo'ldi. 1995 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida 2-o'rinni band etdi.
1999 yilda Toshkentning "Traktor" va SHimkentning "Ordabasi" klubida faoliyat olib bordi.
Keyingi yil "Paxtakor"da, 2001 yilda esa "Surxon" klubida o'ynagan. Qisqa muddat Qozog'istonning "Taraz" sharafini himoya qildi. Qozog'istonda "Qaysar", "Yassi Sayram" va "Ordabasi" kabi klublarda o'ynadi.
2006 yilda Namanganning "Navbahor" klubi safida o'ynab futbolchilik faoliyatini yakunladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 1995-1997 yillarda 10ta o'yinda maydonga tushgan. 1996 yilda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Sizda Dilmurod Nazarov bilan bog'liq qanday xotiralar qolgan? Yozib qoldiring.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar