So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Dilmurod Karimov futbolchilik faoliyatini yakunladi Yangiliklar

Dilmurod Karimov futbolchilik faoliyatini yakunladi

“Metallurg” va O'zbekiston Superligasining bir qator klublarida yorqin o'yinlari bilan muxlislarning olqishiga sazovor bo'lgan yarim himoyachi Dilmurod Karimov futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Dilmurod Karimov 1989 yil 27 iyun oyida Sirdaryo viloyatida tug'ilgan. 1999 yilda Sirdaryo viloyati Yangier shahri futbol maktab internatiga qabul qilingan. 2006 yilda birinchi liga vakili PFK “Guliston” jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2007-2017 yillar davomida Bekobodning “Metallurg” klubida yorqin o'yinlarni namoyish qilgan. Faoliyati davomida “So'g'diyona”, “Dinamo” va so'nggi klubi “Yangier” bo'ldi. SHuningdek, IFFHS tomonidan tuzilgan So'nggi 10 yillikning eng sermahsul himoyachilari reytingda Dilmurod Karimov 35ta gol bilan 52-o'rinni egallagan. Hozirgi kunda Dilmurod Karimov “Yangier” jamoasida Ildar Sakaevga yordamchi murabbiy sifatida ish olib bormoqda.

“Futbolchilik faoliyatim yorqin o'tdi deya olaman. Uzoq yillar davomida asosan “Metallurg” klubida faoliyat olib bordim. Menga futbolchi sifatida o'sishimda murabbiylarim SHamil Tolipov, SHavkat Saidov, Rustam Mirsodiqovning xizmatlari katta bo'lgan va buning uchun ularga cheksiz minnatdorchiligimni izhor qilaman.

Faoliyatimda yangi sahifa ochilmoqda, yani shu yillar davomida orttirgan tajriba va bilimlarimni kelajak avlod bilan bo'lishmoqchiman. 2021 yildan etiboran “Yangier” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyatimni davom ettiraman”- deydi Dilmurod Karimov.

Biz ham shu o'rinda Dilmurod Karimovga murabbiylik faoliyatida ulkan omadlar tilaymiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика