Diego Simone: "Torres - futbol afsonasi"
25 avg 2019 08:55
Yangiliklar
Diego Simone: "Torres - futbol afsonasi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simone yaqindagina futbolchilik faoliyatini yakunlagan hujumchi Fernando Torres haqida gapirdi.
"Fernando juda aqlli futbolchi va mutloq futbol afsonasi. U mehnatkashligi, masuliyatligi va o'zgalarga bo'lgan hurmati bilan sport tarixida o'z o'rniga ega bo'ldi. U ajoyib inson va futbolchi.
Torresning murabbiylik faoliyati haqida
"Menimcha, u bu yo'lni tanlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Murabbiylik o'ta masuliyatli ish. Buning uchun unga biroz vaqt kerak bo'ladi.
Ishonamanki, biz u bilan murabbiy sifatida ham uchrashamiz", dedi Simone.
Argentinalik mutaxassis ilgari Torres bilan "Atletiko"da birga to'p tepgan, keyinchalik ispaniyalik futbolchi "matraschilar"safiga qaytgach, Simone qo'l ostida maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar