Diego Simeone: “Raqiblar “Barselona”ga qarshi qanday o'ynasalar, “Atletiko”ga qarshi ham shunda o'ynashadi”
20 jan 2014 11:40
Yangiliklar


Diego Simeone: “Raqiblar “Barselona”ga qarshi qanday o'ynasalar, “Atletiko”ga qarshi ham shunda o'ynashadi”
“Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone, Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Sevilya”ga qarshi o'yinni (1:1) izohlab o'tdi.
“O'yin biz kutgandek oson bo'lmadi. Keskin kurashlarga boy bo'lgan bahsda, raqiblar bir-birovlarining xatolaridan foydalanishga harakat qilishdi. Oqibatda biz faqatgina bir ochko bilan kifoyalandik xolos.
Keyingi paytlarda raqiblar bizga qarshi boshqacha o'ynashayapti. Kechagi o'yinda ham “Sevilya” bizga qarshi yangicha sxemada o'ynadi. Bakka va Rakitich yarim himoyachilarimizning o'yinini sekinlashtirdi. Raqiblar “Barselona”ga qarshi qanday o'ynasalar, “Atletiko”ga qarshi ham shunda o'ynashayapti”, - deya takidladi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar