Diego Simeone Mussa Dembelening tez orada "Atletiko"ga o'tishini tasdiqladi
11 jan 2021 18:50
Yangiliklar


Diego Simeone Mussa Dembelening tez orada "Atletiko"ga o'tishini tasdiqladi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Lion" hujumchisi Mussa Dembelening transferi haqida gapirdi.
"Bitim hali tuzilmadi, ammo ha, biz u bilan shartnoma imzolash borasidagi yakunlovchi muzokaralar olib boryapmiz", - deb yozadi jurnalist Fabricio Romano Diego Simeonening so'zlaridan iqtibos keltirib.
Franciyalik forvard Diego Kostaga o'rinbosar sifatida jamoaga olib kelinmoqda. Dembele Madrid grandi tarkibiga xarid qilish huquqi bilan ijara asosida kelmoqda. Bitim narxi 33 million evroni tashkil etadi.
Dembele "Lion"da 2018 yildan beri o'ynaydi, bunga qadar esa "Seltik" va "Fulxem" klublarida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar