Diego Simeone: Kurtuaning CHelsiga qarshi o'ynashiga shubha yo'q Yangiliklar

Diego Simeone: Kurtuaning CHelsiga qarshi o'ynashiga shubha yo'q

Atletiko ustozi Diego Simeone darvozabon Tibo Kurtuaning ECHL yarim finalidan o'rin olgan CHelsiga qarshi o'yinlarda maydonga tushishiga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik posbon London klubiga tegishli.

Buni tasdiqlay olmayman, lekin Kurtuaning CHelsiga qarshi o'ynashiga shubha yo'q, – deydi argentinalik murabbiy.

Oldinroq Atletko Kurtuaning CHelsiga qarshi o'ynagan har bir o'yini uchun 3 million evro to'lashi kerakligi haqida aytilgandi.

Bunga javoban UEFA Kurtua London klubiga qarshi hech qanday cheklovlarsiz maydonga tushishi mumkinligi haqida bayonot bilan chiqdi.

Keyinroq agar Atletiko Kurtuani CHelsiga qarshi o'yinlarda tekinga o'ynatsa Mourino keyingi yil uni Madrid klubiga ijaraga bermasligini malum qilgandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика