Diego Simeone: Hozir hamma o'ylaganimni ayta olmayman
06 apr 2016 08:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203848_original.jpg)
![](/upload/storage/203848_220.jpg)
Diego Simeone: Hozir hamma o'ylaganimni ayta olmayman
Atletiko ustozi Diego Simeone Barselonaga qarshi o'yindagi (1:2) hakamlikdan norozi bo'ldi.
O'z jamoam o'yinidan qoniqdim. Dastlabki 30 daqiqada ajoyib o'ynadik. Kuchli raqibga qarshi uning maydonida munosib qarshilik ko'rsatdik. Javob o'yinida muxlislarimiz bizni bundan ham yaxshiroq qo'llab turishlariga ishonaman.
Torresdan jahlim chiqqani yo'q. Hozir hamma o'ylaganimni ham ayta olmayman. Hakam va o'yin haqida ehtiyot bilan gapirishim kerak. Suares bilan bog'liq holat ikki marta bo'ldi. Ammo hamma o'ylaganimni gapira olmayman. Evropaning eng kuchli to'rt klubi orasiga kirish uchun bor kuchimizni ishga solamiz, – deydi Simeone.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar