Diego Simeone: Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q, mavsum davom etadi
16 mar 2015 00:51
Yangiliklar

Diego Simeone: Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q, mavsum davom etadi
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasi hali barchasini o'z foydasiga o'zgartirib yuborishga qodir ekanligini bildirdi.
"Espanol" bilan bo'lgan o'yinning birinchi qismi teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi bo'limda esa biz o'z uslubimizda o'ynadik. Bir kishi kam bo'lib ham yutishimiz mumkin edi. Lekin raqib darvozaboni shu kuni juda yaxshi o'ynadi.
So'nggi o'yinlarda kutilgan natijalarni qo'lga kirita olmayapmiz. Agarda shu o'yinlarda biz raqib darvozasi oldida vaziyatlar yarata olmaganimizda undanda yomon bo'lardi. Lekin biz o'z o'yinimizni ko'rsatmoqdamiz. SHunchaki vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsamoqdamiz. Bizni uchinchi o'rindan tushirib yuborishdi. Lekin hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Mavsum davom etmoqda.

Fikrlar