So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  0 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  7 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0

Diego Simeone: "Bavariya" bilan o'yinda vaziyatni o'z foydamizga o'zgartiramiz" Yangiliklar

Diego Simeone: "Bavariya" bilan o'yinda vaziyatni o'z foydamizga o'zgartiramiz"

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasining ECHL 4-turi doirasida “Lokomotiv” bilan o'yin (0:0) haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Bugun "Atletiko" juda ham asabiy ko'rindi?
– ECHL biz uchun muhim musobaqa va biz unda g'olib chiqish haqida orzu qilamiz. Lekin hozircha chempionlikka munosib harakat qila olmayotganimizni tushunib turibmiz.

Oxirgi ikki uchrashuvda biz g'alaba uchun qo'limizdan kelganini qildik va ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. O'tgan o'yinda ("Lokomotiv" bilan 1:1) biz keskinroq harakat qilgandik, bugun o'shanday tajovuzkorlik etishmadi.

Dastlabki 20 daqiqada hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgandik. Ularning darvozaboni (Gilerme – championat.asia tahririyati) astoydil mehnat qildi. Undan uyog'iga vaqt bizning zararimizga ishlashni boshladi – raqib "yopilib" oldi va biz oldinda vaziyat yaratishga qiynaldik. Biz gol urdik, lekin afsus, o'yindan tashqari holat qayd etildi.

Keyingi uchrashuv – uyda "Bavariya"ga qarshi. Bu biz uchun o'z o'rniimizni egallash uchun qulay imkoniyat, lekin buning uchun biz astoydil mehnat qilishimiz zarur, – dedi Diego Simeone.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика