So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  30 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

Murabbiylar bahsida Diego Simeone Yulian Nagelsmanga yutqazdi... Yangiliklar

Murabbiylar bahsida Diego Simeone Yulian Nagelsmanga yutqazdi...

Quradan keyin negadir, futbol jamoatchiligi "Atletiko"ni ECHL finaliga osongina chiqarib qo'ygandi.

Bu erda gap yangi formatda yoki CHoloning eski gvardiyasi bo'lganida katta ehtimol omadli o'tadigan setkaning nisbatan osonroq tomonida bo'lganida ham emasdi. 

Emishki, CHempionlar Ligasining "Atletiko"ga qaytaradigan qarzi qolib ketgan, lekin "RB Leypcig" bilan bahsdan keyin ana o'sha hisob-kitob yana keyinroqqa qoldirildi. Natijada – madridliklar ilk bor Ronaldu jamoasiga mag'lub bo'lmay, pley-offni tark etishdi

Bu so'zni aytish qaysidir manoda alamli, lekin kechagi o'yinni "Atletiko"da murabbiy yutqazdi. 

"Leypcig" dastlabki taktik joylashuvi bilan ko'pchilikni xayron qoldirdi (taxminan 3-1-2-3-1 hamda Olmo va Zabitcerning faol o'yini). Bundan ko'zlangan maqsad, raqib uchun kutilmagan qaror bilan, "Atletiko" chiziqlarining oralarida, uzilish bo'lishi ehtimoli ko'p bo'lgan hududlarda to'pni qabul qilish edi. Bunday taktik yurish va o'yin avvalidagi kuchli pressing "Atletiko"ni biroz shoshirib qo'ydi. Lekin tajribali madridliklar munosib javob berishdi – markazda undanda zichroq o'yin va qanotlarda faol pressing. 

Taym o'rtalariga kelib, to'pning vertikal harakati uchun umuman bo'sh zonalar qolmagandi. O'yin xavfli vaziyatlarsiz o'tib borardi – yani "Atletiko" rejasidagidek. Ammo "Leypcig" katta kuch sarflab bo'lgandi, "Atletiko" esa yo'q. 

Tanaffusda Nagelsmann barchasini o'zgartirib yubordi. Nemislar vertikal hujumdan voz kechdi va raqib himoyasini o'ziga tortib, bo'sh zonalar yaratishga tushdi.

Bir qanotga keragidan ko'p futbolchi kelishi, himoyalanayotganlarning ham asosiy etibori shu qanotga qaratiladi va keskin uzatma bilan to'p boshqa qanotga yo'naltiriladi. Umuman olganda, tajribali "Atletiko"ni bunday harakat bilan chalg'itib bo'lmasdi, lekin aynan shu erda, bo'sh zonalarsiz, tinch suratda o'tgan birinchi bo'limdan keyin, bu ish berdi. Gol aynan shunday yo'l bilan urildi. Jarima maydonchasi chap qanotida o'yinchilarning to'planib qolishi, "Atletiko" o'ta zich ravishda himoyalanmoqda va go'yoki hujumdagilarni ortga tisarilishga majbur qilmoqda, lekin shu pallada o'ng qanotga, yolg'iz qolib ketgan Zabitcerga to'p etkazildi va u shoshilmay, sheriklari qaerdaligini qarab olib, to'pni jarima maydoniga etkazishi mumkin bo'ldi.  

Bu kabi vaziyatlar uchun Simeonening tayyorlab qo'ygan taktik rejasi bor albatta. Lorente orqaroqqa qaytadi, hujumga yangi futbolchi tushadi (Feliks). Kreativ harakatlar va o'sha taktik sxemada to'p yurishi oshadi. 20 daqiqa davomida (o'tkazib yuborilgan goldan penaltigacha) "Atletiko" to'pni raqibdan olib qo'ydi, butun maydon bo'ylab pressing uyushtirdi va raqibidan ko'proq maydonning uchinchi qismida to'p bilan muomala qildi. CHinakam xavfli vaziyatlarsiz, lekin bosim juda kuchli edi. Natija - penalti.  

"Atletiko" kuchini ko'rsatdi, keyin g'alati ishlar sodir bo'ldi. Negadir, Simeone yigitlari futbol o'ynagisi kelib qoldi. Biroz g'alati eshitiladi, lekin shunday bo'ldi-da. CHolo esa shogirdlariga "O'y, o'zingiz keling, ahmoqlik qilmanglar", deyishni o'rniga, ularni qo'llab-quvvatladi. SHu erda CHolo ikkinchi xatoga yo'l qo'ydi. 

Hisobni tenglashtirgach "Atletiko" bosimni davom ettirdi. "Leypcig" hammasidan ham ko'proq xush ko'radigan vaziyatga ega bo'ldi: qarshi hujumlar ostidagi tezkor o'yin. Abatta biz "Liverpul" - "Borussiya Dortmund" ijrosidagi chinakam ochiq o'yinni ko'rmadik, lekin bu axir "Atletiko". Biroq Nagelsmannga shuni o'zi etarli bo'ldi. 80-daqiqadan "Leypcig" ikkita forvard bilan o'yinga o'tdi. 89-daqiqa germaniyaliklar to'pni markazda olib qo'yishdi va qarshi hujumga otlanishdi. Hisobni tenglashtirish, o'yinni qutqarish uchun vaqt qolmagandi. 

"Atletiko" eng yomon o'yinini o'tkazmadi va bevosita yomon o'ynagani uchun yutqazmadi, ispanlar shunchaki o'zlarining kuchli tomonlarini unutib qo'yishdi va futbol o'ynab ko'rmoqchi bo'lishdi. "Leypcig" buni o'yin avvalidan xohlagandi va oxirgi daqiqalarda niyatiga etdi.  

O'yindan keyin Simeone bahonalarga o'rin yo'qligi va futbolchilar maydonda borini berganini takidladi. Vazyaitni yana ham yaxshiroq tushunishinigiz uchun Simeonening quyidagi so'zlarini keltiramiz: "Aqlbovar qilmas mavsum – ishsiz o'tgan 60 kun, ketma-ket 11 uchrashuv, ishsiz o'tgan bir hafta, chorakfinal". 

Simeone bu erda chindan bahona qidirmadi, u borini aytdi va uning so'zlariga quloq tutsangiz, shogirdlariga nima etishmaganini tushunasiz. Qizib turgan, intensiv o'yin ko'rsatayotgan "matraschilar" istalgan raqibni qiynab qo'ya oladi. Agar bunday bo'lmasa, Madridning ECHL kuboklarini tahlab tashlagani bilan maqtana olmaydigan qismi o'z kuchini yo'qotadi, intensivlik yo'q ekan, o'tib bo'lmas himoyasi bor "Atletiko" shunchaki bir to'daga aylanadi. 

CHindan chetdan qarab, o'ylab ko'rsangiz Diego Simeone shogirdlari La Ligadan keyin tatilga chiqib, maza qilib dam ham ololmadilar, sport formasini ushlab turib, "RB Leypcig" bilan to'qnashuvga tayyorlanib ham ulgurmadi.

Maydonga yangi tushgan Joau Feliks ikki-uch hujum va penaltiga kuchi etdi. Uyog'iga yaqin kelajakda jahon futboli qiroli bo'lishi aytilayotgan Joau deyarli yo'qolib qoldi. 

Agar ritmni yo'qotmaganida ham "Atletiko" balki "Leypcig"dan o'ta olmasdi, lekin hech bo'lmasa bundan yaxshiroq o'yin ko'rsatardi. "Matraschilar" uchun CHempionlar Ligasi hamon armon bo'lib qolmoqda.

Tayyorgarlik va sport formasi ideal holatda emasligi Ispaniyaning boshqa grandlari o'yinida ham sezilgandi. Biroq "Real" qo'pol xatolari bilan o'zi hukm o'qib qo'ygan bo'lsa, ikkinchi bo'limda ancha o'yini pasaygan "Barsa"ga qarshi "Napoli"ning kuchi etmadi. 

Bundan bir necha oy avval gapdan-gap chiqqanda "Championat.asia"dagi "Atletiko"ning yagona muxlisi Alisher Ostonov sevimli jamoasi o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g'olib bo'lishini ishonch bilan aytgandi (unda hali Ispaniya Superkubogi, La Liga va ECHL taqdiri hal etilmagandi). Biz kulib, hazillashayapsanmi, dedik... Lekin u chindan aytayotganlariga ishonardi. 

Aslida futbol shunisi bilan ham qiziq. U muxlislarga orzu qilish imkonini beradi. Bu safar mavsumlar oralig'i uncha uzoq cho'zilmaydi, yana bir necha hafta o'tib, yangi mavsum boshlanadi va har bir muxlis sevimli jamoasi barcha musobaqalarda chempion bo'lishiga yana umid qila boshlaydi.  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика