Diego Kosta "Korintians"ga o'tishga yaqin. SHartnoma - yilning so'nggiga qadar, maosh - 1,2 mln evro
03 mar 2022 13:47
Yangiliklar


Diego Kosta "Korintians"ga o'tishga yaqin. SHartnoma - yilning so'nggiga qadar, maosh - 1,2 mln evro
"Atletiko" va "CHelsi" sobiq forvardi Diego Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.
33 yoshli hujumchi "Korintians"ga o'tishga yaqin, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
San-Paulu klubi Kostaga 2022 yilning dekabriga qadar shartnoma taklif qildi, bu vaqtda u 1,2 mln evro ishlaydi.
O'yinchining so'nggi ish joyi Braziliyaning "Atletiko Mineyro" jamoasi bo'lgan edi va u klubdan yanvardan ketgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar