Diego Kosta: "Jarohatim tufayli faoliyatimni yakunlayman deb o'yladim"
26 may 2020 10:44
Yangiliklar


Diego Kosta: "Jarohatim tufayli faoliyatimni yakunlayman deb o'yladim"
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta doimiy jarohatlar sabab faoliyatini yakunlash haqida o'ylaganini aytdi.
"Hali ham futbol o'ynashim kerakmi degan paytlar ham bo'ldi.
CHunki men maydonga chiqaman va yana jarohat olaman. So'ngra futbolni televizor orqali ko'raman va men hali ham yuqori darajada o'ynay olishim haqida o'ylayman.
Bu meni sportda qo'llab-quvvatlaydigan narsa. Buning pulga yoki shon-shuhratga umuman aloqasi yo'q. Gap o'zingiz yoqtirgan narsani qilish va undan zavq olish haqida ketmoqda. Bu mening maqsadim", - deydi Kosta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar