Diego Forlan Fyodor Smolovning o'yiniga baho berdi
12 iyu 2020 12:37
Yangiliklar


Diego Forlan Fyodor Smolovning o'yiniga baho berdi
"Atletiko"ning urugvaylik sobiq hujumchisi Diego Forlan rossiyalik hujumchi Fyodor Smolovning "Selta"dagi o'yinlariga izoh berdi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
"Menga Smolovning "Selta"dagi o'yinlari yoqdi. U yaxshi texnikaga ega kuchli forvard. Ha, u hali muxlislar xohlaganidek natijalarga ega bo'lmasligi mumkin, ammo u mavsum so'nggiga qadar o'zining munosibligini isbotlashi mumkin.
SHunday bo'lsa-da, u terma jamoada va CHempionlar Ligasida o'ynagan tajribali o'yinchi. Uning Yago Aspas bilan dueti samarali bo'lishi mumkin. Agar ular yaxshi o'ynashsa, "Selta"ni La Ligada saqlab qolishlari mumkin", - deydi Forlan.
Eslatib o'tamiz, Smolov qishki transferlar oynasida ijara asosida "Lokomotiv" (Moskva)dan "Selta"ga o'tgan edi. Futbolchi La Ligada 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar