Diego Alves jarohat oldi
24 may 2015 09:49
Yangiliklar


Diego Alves jarohat oldi
Valensiya hamda Braziliya terma jamoasi darvozaboni Diego Alves Ispaniya chempionati doirasida Almeriyaga (3:2) qarshi o'yinda jarohatlandi.
Braziliyalik posbon uchrashuvning 72-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Diego Alvesning jarohati qanchalik jiddiyligi hozircha nomalum
Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni Amerika Kubogiga start beriladi. Diego Alvesning ushbu musobaqadagi ishtiroki endi so'roq ostida turibdi.

Fikrlar