Dide Drogba: Dzyuba o'yin uslubi jihatdan menga o'xshaydi

23 iyun 2018, 07:25
“Chelsi”ning sobiq afsonaviy hujumchisi Dide Drogba bugungi kundagi o'ziga o'xshagan futbolchilar borligi haqida gapirdi.

“Bugungi kunda futbol maydonida o'yin uslubi jihatidan menga o'xshaydigan bir nechta futbolchi bor. Bular Diego Kosta, Romelu Lukaku, shuningdek, ular safiga Artyom Dzyubani ham kiritish mumkin. Unda nimadir bor. U ham katta hujumchi, qo'shimchasiga jangchi, xuddi men kabi. Umuman olganda esa bunday hujumchilar uchun yuksak texnikali o'yin qiyin. Men buni o'zimdan juda yaxshi bilaman”,-dedi Drogba.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport FM