Dibalaning Evropa Ligasi finalidagi ishtiroki so'roq ostida
27 may 2023 16:56
Yangiliklar
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Evropa Ligasi finalida "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu malum qildi.
"Menimcha, u o'ynay olmaydi. Lekin rostini aytaman: umid qilamanki, u hech bo'lmaganda zaxira o'rindig'ida o'tiradi. Agar Paulo zaxira o'rindig'ida bo'lib, 15-20 daqiqaga maydonga tusha olsa, men bundan xursand bo'laman", – dedi mutaxassis.
Argentinalik futbolchi to'pig'idan olgan jarohati tufayli "bo'rilar"ning so'nggi 4 ta o'yinini o'tkazib yubordi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Sevilya" hamda "Roma" o'rtasidagi Evropa Ligasi final uchrashuvi 31 may, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar