So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Dibala "Yuventus"ga kerak emas-mi?! Yangiliklar

Dibala "Yuventus"ga kerak emas-mi?!

Andrea Pirlo jamoasidagi ilk mojarolar haqida.

Argentinalik "Yuve" uchun muammoga aylandi. SHunga o'xshash narsa u bilan avvalroq ham sodir bo'lgandi — dastlab futbolchi Massimiliano Allegrining sxemalariga mos kelmadi, Mauricio Sarri kelganidan keyin esa Angliyaga jo'nab ketishiga bir bahya qoldi. Ammo har gal nimadir sabab bo'lib, argentinalik Turinda qoldi. Aftidan, bu safar o'rtadagi rishtalar uzilishi tayin.

Andrea Pirlo bu mavsum Dibalani biror marta ham, hattoki, "Krotone"ga qarshi bahsda hujumda mehmonlarga kreativlik etishmaganda ham maydonga tushirmadi.


Qizig'i shundaki, Andrea Pirlo "Dibala haqida"gi savolga javob berish uchun Maks Allegri kabi yo'l tutdi. Toskaniyalik murabbiy va "Breshia" yarim himoyachisi o'rtasidagi tushunmovchilik Maestroning "Yuventus"ga ketishiga sabab bo'lgandi, 10 yil avval shunday bo'ladi deb kim ham o'ylabdi deysiz?! O'shanda Massimiliano va Andreaning futbolga bo'lgan qarashlari tubdan boshqachadek ko'ringandi. Lekin Allegri "keksa sinora"ga boshchilik qilganida, u Pirlodan yuz o'girgandi. Bundan tashqari, "Yuventus"da taktikani qaytadan qurish uchun Maestroning jarohati tuzalishini sabr bilan kutdi — 3-5-2 modulidan 4-3-1-2 sxemasiga o'tish. Barchasi "Yuve" CHempionlar Ligasi finaliga etib borib, turkiyalik arbitrning qarori barchasini barbod qilganidan so'ng tugadi.

Keling yaxshisi Dibalaga qaytamiz. Argentinalik taktik sabablarga ko'ra Allegriga mos kelmagan — shuning uchun toskaniyalik murabbiy poziciyasi etiborga loyiq. Maks futbolida himoyaviy majburiyatlar u qadar ko'p emas. SHuningdek, o'yinchi qaerda joylashtirilishi ham u qadar muhim emas — markazdami yo qanotdami... SHu sabab Allegri bazan Dibalani taktik sxemada butkul kutilmagan nuqtalarga joylashtirar va argentinalik butun maydon bo'ylab harakat qilishini taminlashga urindi. Bu rolni bazilar kinoya bilan “tuttocampista” deyishardi. Vaholanki, zamonaviy futbolda bunday rol mavjud emas.


Maks 2018/19 yilgi mavsum boshlarida 4-3-3, 4-2-3-1 va 4-3-1-2 sxemalaridan foydalangan. Oxirgisini murabbiy uch yildan beri ilk bor Dibala uchun "javondan chiqardi", sababi argentinalikning imkoniyatlari as qotishi mumkin bo'lgan boshqa taktika deyarli yo'q edi. Avvalroq "Yuve"da shunga o'xshash vazifalarni Platini, Badjo, Zidan (Anchelotti davrida) hamda vaqti-vaqti bilan Del Pero bajargan. Biroq Dibala Platiniga o'xshay olmadi — u sheriklarini pozicion hujumga o'tkazishga harakat qildi, ammo bu natija bermadi. Bundan tashqari, bunday shakllanish bilan "Yuve" taktikasida bo'shliq paydo bo'ldi — trekvartista va ikkita forvad (ulardan bittasi Krishtianu) bo'lgan hujum guruhining tarkibi jamoa qanot qismini o'ta zaif  qilib qo'ydi.

Allegri o'sha paytda 4-2-3-1 taktikasiga qaytishni o'ylardi, ammo o'z koncepciyasi asosi —  markaziy yarim himoyachilar triosini buzishga jurat qilolmadi. Allegrining Koverchano murabbiylik akademiyasidagi bitiruv malakaviy ishi aynan shu muammoga bag'ishlangandi. Lekin nima bo'lganda ham, 2018/19 yilgi mavsum Dibala uchun "Yuventus"dagi eng omadsiz davr bo'ldi. Allegri esa uning natijalaridan keyin umuman Turin bilan xayrlashdi. Biroq barchasini sxema yoki raqamlar bilan tushuntirib bo'lmaydi — Dibalaning o'yini yomonlashishida futbolga aloqador bo'lmagan shaxsiy sabablari ham bor edi. O'sha damda futbolchining sevgilisi, uyi, agenti va homiysi o'zgarganini aytishning o'zi kifoya. Qizig'i shundaki, Andrea Pirlo o'sha paytda Dibalani qo'llab-quvvatlagandi: "Agar o'ynamayotgan bo'lsang, unda ko'proq ishlashing kerak. Lekin Pauloning mahoratiga shubha qilishning hojati yo'q. Ha, Maestro bir necha yil o'tib, Allegrining o'rnini egallaydi deb hech kim o'ylab ko'rmagan bo'lsa kerak?!


Mauricio Sarri davrida esa hammasi boshqacha edi. Dibalaning o'ziga xos xususiyatlari murabbiy futboliga to'liq mos tushgandi. Bundan tashqari, Sarri Turin klubi nazoratini o'z qo'liga olganida, argentinalikni ikkita rolda sinab ko'rmoqchiligini aytgandi — "aldamchi to'qqizlik" yoki trekvartista. Ikkinchi holatda bu 4-3-3 taktikasi 4-3-1-2ga o'zgarishiga olib keldi. Bu esa o'z navbatida, 2019/20 yilgi mavsumda "Yuve" taqdiriga keskin tasir ko'rsatadigan bir qator jarayonlarni boshlashi mumkin edi.

Lekin kutilmaganda Turin klubi rahbariyati yozda Dibalani Lukakuga almashtirib yubormoqchi bo'ldi. Paratichining qatiyligi o'shanda "Yuve" bosslarining Mauricio Sarriga bo'lgan haqiqiy munosabatini ko'rsatdi. Murabbiyni juda noqulay vaziyatga qo'yib qo'yishgandi. Futbolchining iqtidorini qadrlaydigan mutaxassis klubga kelganida, Dibala bilan xayrlashish haqiqiy axmoqlik bo'lardi. Ayniqsa, Fabio Paratichi aytgan sabablarni inobatga olsak, Beppe Marottadan o'ch olish maqsadida o'sha kunlari Marotta Lukakuni "Inter" olib kelish payida yurgandi. O'sha voqeada Dibala jamoada qoldi, biroq asosi murabbiyga bo'lgan hurmat (yoki hurmatsizlik) voqealari "Yuve" imijiga salbiy tasir o'tkazmay qolmadi. Aytishlaricha, ishga Andrea Anellining aralashganigina vaziyatni qutqarib qolgan. Keyingi voqealar prezident haq bo'lganligini isbotlab berdi — Dibala navbatdagi "Skudetto" qo'lga kiritilishida muhim rollardan birini o'ynadi.

Hozir esa hammasi argentinalik uchun yana 180 gradusga teskari aylandi. Dibala mavsum boshidan zaxiraga mixlandi. O'yinoldi mashg'ulotlarga qaraganda, Dibala Kiev "Dinamo"siga qarshi o'yinda ham maydonga tushmaydigandek ko'ringandi.

Andrea Pirlo 3 oy davomida maydonga tushmagan hujumchini shunchaki ehtiyot qilayotganini aytib, bahslashdi.

Biroq mojarolar allaqachon boshlangandi. "La Gazzetta dello Sport" jurnalisti  Fabiana Della Valle "Agar murabbiy Dibalani maydonga tushirmaydigan bo'lsa, uni Krotonega olib borishning ham hojati yo'q edi" deb yozgandi. O'sha tvitga argentinalik o'yinchi ham layk bosgan. Albatta, matbuot janjalga ancha "kerasin sepdi", sababi bu orqali toshlar asli Pirlo shaxsiyatiga otilmoqda edi. Biroq, ko'pchilikning yodidan ko'tarilgan yana bir tvit bor. Turinlik jurnalist Jovanni Albaneze "Dibala yaxshi formada. "Krotone" bilan o'yindan avval, CHempionlar Ligasi o'yinlariga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish uchun futbolchi Turinda qoladi" deb yozgandi. Qizig'i, Paulo bu tvitga ham klass bosgan.

Mojaro uchun ayni muddao — Dibalaning "Yuve" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 30 iyunda yakuniga etadi. Hali ikki yil bor, ammo transfer bozoridagi mutaxassislar ham futbolchining imzolagan bitimi tugashidan bir yil avval uning narxi keskin darajada pasayishini biladi. Mana shuning uchun, "Yuve" u bilan shartnoma muddatini 2026 yilgacha uzaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi. Biroq futbolchi asosiy tarkibdan joy ololmayotgan bir pallada u kontraktni uzaytirishdan manfaatdor emas.

Hozir Dibalaning taqdiri to'liq Andrea Pirloning qo'lida. Agar Maestro bundan keyin ham argentinalikni asosiy tarkibda maydonga tushirmasa, bu forvard faoliyatining "Yuve"dagi sahifasi nihoyasiga etishiga sabab bo'lishi mumkin. Boshqa tomondan, murabbiyning klubdagi poziciyasi shunchalik kuchliki, u birgina qarori bilan rahbariyatga qarshi chiqishi mumkin. 

Nima deb o'ylaysiz, Maestro qaysi yo'lni tanlaydi?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика