So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Dibala shug'ullanishning g'alati uslubidan foydalanmoqda Yangiliklar

Dibala shug'ullanishning g'alati uslubidan foydalanmoqda

"Yuventus"ning argentinalik iqtidorli futbolchisi Paulo Dibala o'zini tanqid qildi.


- Men chapaqayman. Xattoki tish tozalagichni ham chap qo'limda ushlayman. Har ikkala oyog'da ham birdek o'ynashni istayman va buning uchun tinmay mehnat qilyapman. O'ng oyog'imni ham kuchaytirish uchun aqlbovar qilmas ishlarni bajaryapman. Har kuni o'ng oyog'im bilan ruchkani olib, yozishni mashq qilyapman. Bundan tashqari men ko'zlarimni ham shug'ullantirmoqdaman. CHunki bu menga maydonni ko'ra olishimda, jamoadoshlarimni joylashuvini oldindan his etishimda yordam beradi. SHuningdek, men har kuni alohida mashg'ulot zaliga boraman. U erda alohida dastur asosida shug'ullanaman.
Masalan Krishtianu Ronaldu 360dan ortiq gol urgan. Ronaldu o'ng oyoq bilan harakatlanadi. Lekin portugaliyalik yulduz chap oyog'imda ham bemalol to'p tepadi.
Men ham ikkala oyog'imda birdek o'ynashni istayman va buning uchun qo'limdan kelgan barcha harakatni amalga oshiraman.

Janluiji Buffon o'tgan yili meni juda iliq kutib oldi. O'shanda bizning ishimiz yurishmayotgandi. CHempionatdagi 10 ta uchrashuvdan keyin atiga 4 ochko jamg'argandik. Jiji shunda menga yomon o'yinimiz uchun uyalishimiz kerakligini, masuliyat yukini hamda qiyin palladan qanday chiqib ketish kerakligini o'rgatgandi.
Men shunda bilgandim, "Yuventus" bu sen o'zingni oqlaydigan joy emas, bu erda faqat g'alaba haqida o'ylashga majburligimni tushunib etgandim.

Italiya Superkubogi o'yinidan keyin ruhan juda cho'kib qolgandim. O'shanda penaltidan adashganim jamoaga qimmatga teshgani menga yomon tasir qilgandi. Uzoq muddat ruhiy chuqurlikdan chiqa olmay yurgandim. O'sha payt ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda Maykl Jordanning gapidan iqtibos keltirgandim: "Hayotda har doim xato qilaverdim. Bu esa mening muvaffaqiyatimga sabab bo'ldi".
Meni gol urgandan keyin nishonlaydigan niqobim "Gladiator" filmidan olingan. Men bu filmni takror va takror ko'raman. Hayotda yiqilganingdan keyin turib kurashishing kerak.
Meni oldimda juda ko'p keraksiz bahslashuvlar bo'lmoqda. Meni bazan Messi bilan tenglashtirishadi. Lekin menga u bilan raqobat qilishni keragi yo'q. Messi futbolda deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan futbolchi. Men esa endi yo'lga chiqdim. Men terma jamoada ham Messi bilan muvaffaqiyat qozonishni istayman. Uning o'rnida bo'lishni emas.


Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика