Dibala maoshining keskin tarzda ko'tarilishini istayapti
10 iyu 2020 23:18
Yangiliklar


Dibala maoshining keskin tarzda ko'tarilishini istayapti
"Yuventus" futbolchisi Paulo Dibala Turin klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, argentinalik o'yinchi har mavsum uchun 15 mln evro ish haqi olishni istayapti.
Hozir 26 yoshli forvard 7,3 mln evro ishlab topadi, bu Krishtianu Ronaldu (31 mln), Matteys de Ligt (8 mln), shuningdek, Gonsalo Iguain va Miralem Pyanichdan (ikkisi ham 7,5 mln) keyin klubdagi 5-ko'rsatkich hisoblanadi.
Hozircha, "keksa sinora" rahbariyati Dibalaga 11-12 mln miqdoridagi yillik ish haqi berishga tayyor, xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar