Dibala: "Kelajakda Pogba bilan yana bir jamoada o'ynashim mumkin"
10 noy 2018 18:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/461981_original.jpg)
![](/upload/storage/461981_220.jpg)
Dibala: "Kelajakda Pogba bilan yana bir jamoada o'ynashim mumkin"
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala kelajakda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bilan birga o'ynashi mumkinligi haqida aytdi.
Ushbu futbolchilar "Yuventus"da birga to'p tepishgan. Turinliklar shu haftada CHempionlar ligasi doirasida "Yunayted"ni qabul qilishdi. Bahs 2:1 hisobida ingliz jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.
"Polni yana ko'rganimdan xursand bo'ldim, chunki biz yaqin do'stlarmiz. Birinchi o'yin men uchun juda yaxshi o'tgan edi, ikkinchisi esa u uchun. Ammo Pogba bilan birga o'ynashni sog'indim.
Pol bilan aloqalarni saqlab qolganman. Biz juda yaqinmiz. Kelajakda Pogba bilan bir jamoada o'ynashim mumkin" - deydi Dibala.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar