Dibala jarroh bilan maslahatlashish uchun Barselonaga uchib ketdi
25 fev 2021 10:55
Yangiliklar


Dibala jarroh bilan maslahatlashish uchun Barselonaga uchib ketdi
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala tizzasidan olgan jarohatidan ancha uzoq davolanmoqda va bu bosh murabbiy Andrea Pirloni tashvishga solishni boshlamoqda.
Futbolchi klub tibbiy shtabi bilan birga Barselonaga xirurg Ramon Kugat bilan maslahatlashish uchun uchib ketdi.
Dibala 6 haftadan buyon jarohatidan tiklanmoqda. Argentinalik futbolchining operaciya qilinishi istisno etilmayapti.
Futbolchi joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar