Dibala jarohatidan to'liq tiklandi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021, 01:35
Sentyabr oyining oxirida "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda jarohat olgan "Yuventus" pleymeykeri Paulo Dibala jarohatidan forig' bo'ldi.

Italiyaning Gazzetta dello Sport nashri argentinalik futbolchi safga qaytgani haqida xabar berdi. Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi bugun umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazgan va klub ustozi Masimilliano Allegri 24 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Inter" bilan bo'ladigan qarama-qarshilikda unga umid bog'lamoqda.

Qayd etish kerakki, joriy mavsumda Dibala "Yuventus" safida olti bahsda maydonga tushib, uchta gol urdi hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport