Dibala ikki oydan buyon ilk bor maydonda shug'ullandi

Omonjon To`xtamirzayev
10 may 2020, 00:42
Koronavirusga chalingan "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala mashg'ulotlarga kirishdi.

Argentinalik klubda ikki soatlik tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi, natijalar futbolchi mashg'ulotlarga tayyor ekanligini ko'rsatdi.

Bugun Dibala individual mashg'ulotlarni bajardi. Shunday qilib, Dibala 62 kundan so'ng yana maydonga qaytdi. So'nggi bor Paulo "Inter"ga qarshi 8 mart kuni kechgan bellashuvda maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru