Di Stefanoning rekordi yangilandi
08 dek 2019 19:40
Yangiliklar


Di Stefanoning rekordi yangilandi
La Liga 16-turida "Betis" - "Atletik" uchrashuvi (3:1, ikkinchi bo'lim) o'tkazilmoqda.
Mezbonlar safida harakat qilayotgan yarim himoyachi Xoakin Sanches xet-trikka erishdi. U bugun 38 yosh, 140 kunlik va bu Ispaniya chempionatida xet-trik qayd etgan eng qariya futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Xoakin sobiq "Real" forvardi Alfredo Di Stefanoning 1964 yil 15 mart kuni o'rnatgan rekordini yangiladi. O'shanda 3 ta gol urgan Di Stefano 37 yosh, 255 kunlik bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar