Di Mariyaning kelajagi yaqin haftalarda hal bo'ladi
23 may 2023 12:05
Yangiliklar
Di Mariyaning kelajagi yaqin haftalarda hal bo'ladi
"Yuventus" yarim himoyachisi Anxel Di Mariya kelajagi bo'yicha yaqin haftalarda bir qarorga keladi.
Turinliklar bilan muzokaralar to'xtab qoldi, argentinalik futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi Evropada qolishni istamoqda.
Di Mariya A Seriya joriy mavsumida 24 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar