Di Mariya Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
24 fev 2023 22:35
Yangiliklar
Di Mariya Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Yuventus” hujumchisi Anxel Di Mariya Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
UEFA rasmiy sayti muxlislar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish natijalariga ko'ra, 35 yoshli argentinalik futbolchining g'alaba qozongani haqida xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, 23 fevral kuni "Yuventus" Evropa ligasi pley-off bosqichi javob o'yinida mehmonda "Renn"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, turnirning 1/8 finaliga yo'l olgandi. Di Mariya ushbu uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi.
Massimiliano Allegri shogirdlarining navbatdagi raqibi Germaniyaning “Frayburg” klubi bo'ladi. Dastlabki o'yin 9 mart kuni, javob uchrashuvi esa 16 martga belgilangan.
Fikrlar