Di Mariya boshchiligidagi "Benfika" kubok finaliga chiqa olmadi
03 apr 11:40
Yangiliklar
Di Mariya boshchiligidagi "Benfika" kubok finaliga chiqa olmadi
1 oy oldin bo'lib o'tgan birinchi to'qnashuvda "Sporting" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu safar esa toomnlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. SHu tariqa, yangi mavsumda "Liverpul" ustozi bo'lishi mumkin deyilayotgan Ruben Amorim shogirdlari mamlakat kubogi finaliga yo'l olishdi.
"Sporting" finalda "Portu" - "Vitoriya" juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Portugaliya kubogi
1/2 final, javob uchrashuvi
02.04.2024
"Eshtadiu da Lush" stadioni
"Benfika" - "Sporting" 2:2
Gollar: Otamendi 52, Rafa Silva 64 - Yulmand 47, Paulinyu 55
"Benfika": Trubin, Ba, Otamendi, Antoniu Silva, Eursnes, Di Mariya, Rafa Silva, Florentinu (Joau Mariu, 90), Joau Nevesh, Neres (Gouveyya, 85), Tengstedt (Markos Leonardo, 79).
"Sporting": Israel, Eshgayyu (Katamu, 46), Koates, Inasiu, Diomande (Sen-Jyust, 46), Nunu Santush (Mateus Reys, 46), Yulmand, Daniel Bragansa (Morita, 66), Trinkau, Paulinyu (Edvards, 85), Gyokeresh.
Ogohlantirishlar: Di Mariya (45+3), - Inasiu (49), Morita (72), Israel (77), Edvards (90+2).
"Sporting"ning shveciyalik hujumchisi Viktor Gyokeresh dastlabki uchrashuvda bitta gol urgan. Gyokeresh joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 36ta urgan va 15ta assist qayd etgan. O'tgan yozda CHempionshipdan olib kelingan forvard uchun dahshatli statistika.
"Sporting" jamoasi Portugaliya kubogini 17 bor qo'lga kiritgan. Bu borada ular "Benfika" va "Portu"dan keyin uchinchi eng yaxshi natijaga ega.
Lissabonliklar oxirgi marta 2019 yilda kubokni boshlari uzra baland ko'tarishgan.
Fikrlar