Di Francheskoning istefosiga yaqin soatlar qoldi
07 mar 2019 18:50
Yangiliklar


Di Francheskoning istefosiga yaqin soatlar qoldi
CHempionlar ligasidagi qoniqarsiz natijadan so'ng “Roma” rahbariyati, klub bosh murabbiyi Eusebio Di Francheskoni yaqin soatlar ichida istefoga chiqaradi, deya xabar beradi CalcioMercato.
Italiya nashrining malumotiga ko'ra, rimliklarning boshqaruviga Klaudio Raneri kelishi mumkin. 67 yoshli mutaxassis payshanba kuni tongda “Roma” vakili Franko Baldini bilan uchrashgan. Rejaga ko'ra, u klubni mavsum oxirigacha boshqaradi. SHuningdek, Albaniya terma jamoasida faoliyat olib borayotgan Kristian Panuchchi ham “Roma”ning murabbiylik kursisini egallashi mumkin.
Malumot o'rnida, Di Franchesko “Portu”ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumaniga kelmagani uchun UEFA tomonidan jarimaga tortilishga yaqin turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar