Deyarli 7 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligada bir o'yinda 9ta gol urildi
14 sen 2014 10:49
Yangiliklar
Deyarli 7 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligada bir o'yinda 9ta gol urildi
Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida futbolda kam uchraydigan natija qayd etildi.
SHu kuni Zomindagi stadionga kelgan tomoshabinlar jami 9ta golning guvohiga aylanishdi. Yakunda "So'g'diyona" 5:4 hisobida zafar quchdi.
So'nggi bor oliy ligada bir uchrashuvda 9ta gol urilish holati 2007 yilda kuzatilgan ekan. O'sha mavsumning 27-turida (25 noyabr) "Paxtakor" Zarafshonda "Qizilqum"ni 11:0 hisobida taslim qilgandi.
SHunday qilib, 6 yil, 9 oy va 18 kundan so'ng O'zbekiston milliy chempionatida bitta o'yinda 9ta gol urildi.
Malumot uchun, "So'g'diyona" klubi so'nggi marta 2011 yil bitta uchrashuvda raqib darvozasiga 5ta gol urgan. O'sha yilning 15 oktyabr sanasida Jizzaxda "Olmaliq" mag'lub etilgandi - 5:2. Deyarli 3 yillik tanaffusdan so'ng Jizzax klubi bir o'yinda 5ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar