Shu kuni Zomindagi stadionga kelgan tomoshabinlar jami 9ta golning guvohiga aylanishdi. Yakunda "So'g'diyona" 5:4 hisobida zafar quchdi.
So'nggi bor oliy ligada bir uchrashuvda 9ta gol urilish holati 2007 yilda kuzatilgan ekan. O'sha mavsumning 27-turida (25 noyabr) "Paxtakor" Zarafshonda "Qizilqum"ni 11:0 hisobida taslim qilgandi.
Shunday qilib, 6 yil, 9 oy va 18 kundan so'ng O'zbekiston milliy chempionatida bitta o'yinda 9ta gol urildi.
Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" klubi so'nggi marta 2011 yil bitta uchrashuvda raqib darvozasiga 5ta gol urgan. O'sha yilning 15 oktyabr sanasida Jizzaxda "Olmaliq" mag'lub etilgandi - 5:2. Deyarli 3 yillik tanaffusdan so'ng Jizzax klubi bir o'yinda 5ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.