So’nggi yangiliklar

20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" 0:1 (матнли трансляция)  7 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  5 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  12 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  3

Deyarli 150 million evaziga 21 nafar yangi o'yinchi - "Nottingem" rekord bilan APLga qo'shildi Yangiliklar

Deyarli 150 million evaziga 21 nafar yangi o'yinchi - "Nottingem" rekord bilan APLga qo'shildi

Teglar :  Nottingem Forest
"Nottingem Forest" Premer-ligaga 23 yil o'tib qaytdi.

Titul homiysiz jamoa (APLda yagona — ular qimmatroq variant izlashmoqda) beshtadan bitta o'yinni yutdi, ikkita gol urdi va 11ta o'tkazib yubordi — ulardan oltitasi so'nggi turda "Manchester Siti"dan.



Yangi jamoa uchun eng yaxshi start emas — ammo eng yomoni ham.


Klub APL tarixidagi eng ko'p miqdordagi xaridlarni amalga oshirdi. Jamoaga bitta yozda 21 nafar yangi o'yinchi kelib qo'shildi! Bu nafaqatgina APL rekordi emas, umuman Britaniya orollari uchun.


Barcha uchun 100 milliondan ko'p sarflandi. "Forest" bunday raqamlar bilan "Fulxem" va "Aston Villa"ni ortda qoldirgan holda, Premer-liga tarixida eng katta sarf qiluvchilar ro'yxatida birinchi bo'ldi.



Biroq, bunday xaridlar kamdan-kam hollarda yaxshi natijalarga olib keladi:


• "Aston Villa" 2019/20 yilgi mavsumni 17-o'rinda yakunladi — ularni ligadan tushib ketgan "Bornmut" va "Uotford"dan atigi 1 ochko ajratdi. Atigi 35 ochko jamg'arilganini hisobga olsak, qutqaruv omad bo'lgan deyish mumkin.


• "Fulxem" — Premer-liga tarixida eng yoqimsiz xaridlar qilgan liganing yangi ishtirokchisi. 100 million funtdan ortiq pul to'langan 11 nafar yang io'yinchi London jamoasiga 26 ochko va CHempionshipga yo'llanmani taminladi.


• "Lids" 2020/21 yilgi mavsum 96 mln sarfladi, ammo Marselo Belsa APLdagi dastlabki yilni ancha yaxshi o'tkazdi. Bazi transferlar foydasiz bo'ldi (Elder Koshda 16 millionga xarid qilingan bo'lsa ham, tekinga Yaqin SHarqqa yo'l oldi), ammo Rafinyani 17ga olib, "Barsa"ga 52ga sotishdi.


• "Vulverxempton" APLga chiqdi va unda o'zini xotirjam saqlab qoldi — bunga sabab agent Jorje Mendesh tomonidan tarbiyalangan portugal diasporasi. Sarflangan 82 million o'zini oqladi — birgina Jotaning o'zi "Liverpul"ga 40+ga sotildi.


• "Norvich" o'tgan yili deyarli 60 mln funt sarfladi, ammo bu yordam bermadi — 20-o'rin, Daniel Farkening istefosi va 38 turdagi 28ta mag'lubiyat.


Ammo, bu klublarning hammasini ham ommaviy xaridlar bo'yicha "Nottingem" bilan taqqoslab bo'lmaydi — bu noyob voqea.


Kimlar uchun pullar sarflandi: top-klublardan yosh iqtidorlar va tajribali o'yinchilar


Grek milliarderi Evangelos Marinakis (u "Forest" va "Olimpiakos"ga egal qiladi, boyligi 500+ mln funt)ning 100 millioni kimga ketdi? Mana to'liq ro'yxat.


Morgan Gibbs-Uayt — "Vulverxempton"dan yarim himoyachisi, 26,5 mln funt


Biz transferi bonuslar bilan 40 milliondan oshishi mumkin bo'lgan ingliz futbolchisi haqida gaplashsak. Gibbs-Uayt Premer-ligada atigi 48ta o'yin o'tkazgan va har birida o'rtacha yarim soatdan kam o'yin o'tkazgan. Ammo, uni "Forest" murabbiyi Stiv Kuper yaxshi biladi — aynan u futbolchini jamoada ko'rishni xohladi.


Tayvo Avoniyi — "Union Berlin"dan hujumchi, 18,4 mln funt


Taran forvardi bir necha yil "Liverpul"da edi, ammo ishlash uchun ruxsat ola bilmadi. Bundesligaga ketish esa ishladi — Tayvo "Union" safida 31ta o'yinda 15ta gol urdi va katta pul evaziga APLga qaytdi.



Neko Uilyams — "Liverpul"dan o'ng qanot himoyachi, 18 mln funt


Uelslik Trentning o'rnini ajoyib tarzda egalladi, ammo asosiy tarkib uchun imkoniyat juda kam edi. Qishda "Fulxem"ga o'tdi, u erda ham yaxshi harakat qildi — va Premer-ligadagi jamoa tarkibiga loyiq edi. "Forest" Jed Spensdan ayrildi, shu sabab Uilyams aniq butun o'ng qanotni yopadi.


Ummanuel Dennis — "Uotford"dan hujumchi, 13,3 mln funt


"Forest"dagi yana bir nigeriyalik forvard. Dennis tushib ketgan "Uotford"da 10ta gol urdi va APLda qoldi. Emmanuelga katta talab bo'ldi, ammo u "Nottingem"ga yo'l oldi.


Orel Mangalya — "SHtutgart"dan yarim himoyachi, 11 mln funt


Mangalya martda yozda "SHtutgart"ni u o'sadigan qiziqarli sport loyihasiga almashtirishini aytdi — "Atletiko" va MYU ko'rib chiqdi. Qanday pressing qilishni biladigan belgiyalik kuchli yarim himoyachi — "Forest"ning maydon markazi uchun mantiqiy kuchayish.



Jyulyan Byankon — "Trua"dan himoyachi, 8,4 mln funt


Franciyadan universal himoyachi — 187 santimetr bo'yga ega Byankon o'tgan mavsum uchtalik markaziy himoyaning o'nggida, to'rttalik himoyaning chap qanotida, laetralda, o'ng va chap qanotlarda o'ynadi.


Mussa Niakate — "Maync"dan himoyachi, 8,4 mln funt


"Maync"ning chap oyoqli markaziy himoyachisi uchun "Vest Xem" va "Everton" raqobat qilishdi, ammo u "Forest"ni tanladi. Mussaning o'zi Stiv Kuper bilan suhbat hal qiluvchi rolni o'ynaganini aytdi — murabbiy uni ishontirgan


Remo Froyler — "Atalanta"dan xavbek, 7,6 mln funt


30 yoshli shveycar "Atalanta"da olti yilni o'tkazdi va Janpero Gasperinining talabini ideal bajardi. Froyler Bergamoda birinchi to'liq mavsumdan asosiy tarkib o'yinchisi bo'ldi. APL uning uchun — yangi chaqiriq.


Omar Richards — "Bavariya"dan chap qanot himoyachi, 7,2 mln funt


"Reding" tarbiyalanuvchisi Myunxenda butun mavsumni o'tkazdi, ammo u erda chap qanot uchun zaxira varianti bo'ldi. Premer-ligadagi o'rin Alfonso Devisga qarab turguncha, ko'proq kelajak bordek ko'rindi.



Lyuis O’Brayen — "Xaddersfild"dan yarim himoyachi, 5 mln funt


Xarri Toffolo — "Xaddersfild"dan chap qanot himoyachi oldi, 5 mln funt


"Forest" CHempionship pley-offida "Xaddersfild"ni ma-lub etdi va ulardan ikki futbolchini oldi. O’Brayen — o'tgan mavsum SHipning eng yaxshi o'yinchilaridan. Toffolo — yana bir qanot himoyachi.


Renan Lodi — "Atletiko"dan chap qanot himoyachi, 4,3 mln funt evaziga ijara


U Diego Simeone bandasida ildiz otdi, ammo yuz foiz emas — asosan zaxiradan maydonga tushdi. Braziliyalik endilikda APLda o'zini ko'rsatadi.



Xvan Iy CHo — "Bordo"dan forvard, 3,5 mln funt


"Nottingem" koreyalik hujumchini quyi ligaga tushib ketgan "Bordo"dan oldi, ammo uni  tarkibda qoldirmadi — 30 yoshli futbolchi ushbu mavsumni "Forest" xo'jayini Marinakisga tegishli bo'lgan "Olimpiakos"da o'tkazadi.


Villi Boli — "Vulverxempton"dan himoyachi, 2,25 mln funt


Kuchli tajribali himoyachi (31 yosh) CHempionshipdan chiqishda va APLdagi dastlabki mavsumda markaziy mudofaaning almashtirib bo'lmas o'yinchisi bo'lgan bo'lsa-da, so'nggi ikki mavsum "Vulvz" asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi. Aytgancha, ehtimoliy bonuslar hattoki transfer narxidan ham ko'p — 2,5 mln.


Josh Bouler — "Blekpul"dan vinger, 2 mln funt


23 yoshli futbolchi — "Olimpiakos" uchun yana bir kuchayish. Uni birdan Greciyaga ijaraga berishdi va hozircha uning umuman "Nottingem"da o'ynash yoki o'ynamasligi aniq emas.


Brendon Agilar — "Alaxuelense"dan yarim himoyachi, 0,8 mln funt


19 yoshli kosta-rikalikni bir milliondan kamroq mablag'ga xarid qilishdi va birdan o'z vataniga ijaraga berishdi. Uni ushbu mavsum APLda ko'rishimiz qiyin masala.


Jessi Lingard — "Manchester Yunayted"dan yarim himoyachi, tekin


Lingard baribir MYUda yulduzga aylana olmadi, ammo "Vest Xem"da ijara asosida muvaffaqiyatli harakat qildi. Jessining hech bo'lmasa Premer-liganing yangi jamoasida etakchi bo'lish yoki bo'la olmasligi qiziq.



SHeyxu Kuyate — "Kristal Pelas"dan himoyachi, tekin


Senegallik 8 yildan beri APL klublarining tayanch zonasi yoki markaziy mudofaa chizig'ini yopadi. 32 yoshli universal futbolchi tarkibning kengaytiradi


Ueyn Xennessi — "Byornli"dan darvozabon, tekin


Tajribali uelslik darvozabon "Forest"dan zaxira posboni bo'ladi. Huddi bunga qadar "Byornli" va "Kristal Pelas"da bo'lgani kabi.


Din Xenderson — "Manchester Yunayted"dan darvozabon, ijara


Angliyalik posbon De Xeadan so'ng o'tirishdan charchadi, APLning yangi jamoasiga yo'l oldi va matbuotda ko'p gaplarni aytdi: Evro-2022 oldidan MYUda asosiy tarkibdagi o'rinni vada qilishdi, ammo aldashdi, endi qasos olmoqchiman. Xenderson ikki yil oldin "SHeffild Yunayted"ga yordam berdi va jamoani quyi ligaga tushib ketishga yordam berdi — endilikda undan shunday narsa talab etiladi.



Loik Bade "Renn"dan himoyachi, ijara


Francuz "Nottingem"ning markaziy mudofaa chizig'ini to'ldiradi — u bilan oxirgilardan bo'lib shartnoma imzolandi. 22 yoshli Bade "Renn"da asosiy tarkib o'yinchisi emasdi, ammo bunga qadar o'ynagan "Lans" jamoasida ko'proq to'p tepgandi.


Bular hammasi emas — turli manbalar (jumladan Fabricio Romano va Janluka Di Marcio) yoz davomida "Forest"ning yana ikki o'yinchi bilan shartnoma imzolashga yaqinligini xabar qilishgandi: "Lion"dan Ussem Auar va "Brayton"dan Nil Mope. Ammo, ularning hech biri hozir "Nottingem"da emas.


Xarid haqidagi eng kulgili hazil — bu "Nottingem" jamoa chatining yolg'on "skrini": "CHat ishtirokchilarining soni maksimal darajaga etdi — 512"



Nega "Nottingem" bunchalik ko'p sarfladi? Bu mumkinmi?


Premer-liganing rentabelligi va barqarorligi qoidalariga ko'ra, klublar Premer-ligada mavsumiga 30 mln funt sterling, uch yil davomida yana 15 mln va CHempionship va quyi ligalarda mavsumiga 8 million funt sterling zarar ko'rish mumkin. SHungan ko'ra, "Nottingem" 61 million funt sterling zarar ko'rishiga ruxsat etilgan.


Bundan tashqari, "Nottingem"da CHempionshipdan chiqqan klublar uchun kichik maosh miqdori (38 mln funt atrofida) bo'lgani uchun, ular buni 100 milliongacha oshirishlari mumkin — bu ruxsat berilgan zarar chegarasiga mos keladi.


"Forest"ning katta harajatlari Premer-ligada ularga beriladigan televizion pullar bilan bog'liq — taxminan 100 mln funt. Qolaversa, klub xo'jayini anchadan beri zararlarni qoplaydi va yana sarflashga tayyor.


Yangi o'yinchilarning sababi bor — o'tgan mavsum jamoada ko'plab ijarachilar bor edi


"Nottingem"ning xaridi "Fulxem"nikidan farq qiladi. Bir necha racional farqlar bor.


O'tgan mavsumning bir necha etakchilari ijara orqali jamoada edi. Masalan, Jed Spens "Nottingem"da Angliyadagi eng qiziqarli latarallardan biri bo'ldi, ammo yozda "Midlsbro" himoyachisi uchun top-klublar paydo bo'ldi. Spens allaqachon "Tottenxem"da, o'rniga esa Nekoni olishdi.


SHunga o'xshash scenariyda Filip Zinkernagel, Maks Love, Jeyms Garner va Kinan Devis yo'qotildi.


Hatto ijara orqali kelgan o'yinchilar bilan kuchaytirilgan tarkib ham juda kuchli emasdi. Transfermarkt sayti o'tgan mavsum "Forest"ning umuiy narxini 83 mln evroga baholadi — juda ham aniq statistika emas, ammo jamoaning kuchini baholash nuqtai nazarida etarli ko'rsatkichdir.


Taqqoslash uchun: "Fulxem"ning barcha o'yinchilari 189 mln evroga, "Bornmut" azolari esa 180 mln evroga baholangan. Hatto juda kambag'al "Byornli" ham 138 mln evro etib ko'rsatilgan. Apgreyd mantiqiy harakatde tuyuldi.


Xaridlarning yana bir muhim aspekti — Stiv Kuper uslub va sxemaga o'rgangan o'yinchilarni oladi. "Nottingem" 3-5-2 ko'rinishida maydon markazidagi ko'p funkciyalari o'yinchilar bilan harakat qilmoqda, bir orqaroqda harakat qiladigan, biri taran bo'lgan forvard.


Neko va Tayvo bosimli vazifalarni ko'taradilar — ular Yurgen Klopp bilan ishlashgan. "Maync", "Xaddersfild", "Trua", "SHtutgart" — ushbu barcha jamoalar o'tgan mavsum qaysidir paytda uch himoyachi sxemasi (ko'pincha o'sha 3-5-2)dan foydalanishgan. Omar Richards Nagelsmann qo'l ostida "Bavariya"da chap lateral sifatida maydonga chiqqan.


SHu nuqtai nazardan, Remo Froylerning ham o'tishi mantiqiy ko'rinadi — shveycar yarim himoyachisi Evropaning eng intensiv pressing qiladigan jamoalaridan birida o'ynagan. Bu maydon markazidagi jiddiy kuchayish.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика