So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Deyan Jurjevich: "Navbahor" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladim" Yangiliklar

Deyan Jurjevich: "Navbahor" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladim"

25 iyun kuni "Navbahor"ga serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich bosh murabbiy etib tayinlandi.

Mazkur mutaxassisni tanishtirish marosimi yakunlanganidan so'ng, Deyan Jurjevich ishtirokida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o'tkazildi.

- Siz “Navbahor” to'g'risida malumotga egamidingiz va jamoa tarkibida qanday o'zgarishlarni amalga oshirmoqchisiz?
- So'zim avvalida shuni takidlamoqchimanki, jurnalistlar futbol hamda klub rivoji yo'lidagi muhim shaxslar sanalishadi. Boringlarga shukr. “Navbahor”ning ayni paytdagi emas, oldingi futbolchilari borasida malumotga egaman.

To'g'risini aytsam, ushbu taklif kutilmaganda yuz berdi. SHu bois, jamoa bilan to'liqroq tanishishga imkoniyat bo'lmadi. Vaqt futbolda muhim omil hisoblanadi. Hozir oldimizda turgan eng muhim vazifa 13-tur doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi kechadigan bahsga puxta tayyorgarlik ko'rish hamda o'sha o'yinda g'alaba qozonish. SHundan so'ng, davralar oralig'idagi tanaffus yuzaga keladi va shundagina yigitlar bilan to'liqroq tanishish, lozim bo'lsa, jamoa o'yinini yanada kuchaytirish borasida bosh qotiramiz.

- Davralar oralig'ida jamoaning zaif chiziqlarini yanada kuchaytirish, shuningdek, vataningiz Serbiyadan futbolchi taklif etish rejangizdan o'rin olganmi?

- Futbolchilar bilan yaqindan hamda yaxshiroq tanishib, ularning jismoniy holatlari qandayligini tahlil qilganimdan so'nggina, klub rahbariyati va sport direktoriga ular haqidagi o'z fikrimni bildiraman. “Navbahor”ning qaysi chiziqlarini kuchaytirish borasidagi savolga javob berish qiyin. Birinchi davra bahslari yakunlanganidan so'ng, bu haqda bosh qotiramiz. Jamoaning o'yini borasida to'xtaadigan bo'lsam, tajovuzkor futbol namoyish etishi, ko'plab sadoqatli muxlislarga ega ekanligini yaxshi bilaman. “Navbahor”ning o'yini asosan aniq to'p uzatishlar asosiga qurilgan.

Legionerlar borasida to'xtaladigan bo'lsam, “Navbahor”da 4 nafar xorijlik futbolchi bor hamda jamoaning Osiyodan tashqari bo'lgan mamlakatlardan o'yinchi olish borasidagi limiti to'lib bo'lgan. SHuning uchun, hozircha Serbiyadan futbolchi olib kelishning iloji yo'q.



“Navbahor”ning o'yinini kuchaytirish borasida g'oyalaringiz bormi?

Jamoaning qanday o'yin namoyish etishini bilish uchun futbolchilarning jismoniy holati, o'yin saviyasi qandayligiga ko'proq etibor qaratish lozim. Ammo u juda qiyin masala. “Navbahor” jamoaviy o'yin tashkil etish orqali, to'p uzatishlarga asoslangan tajovuzkor futbol namoyish etadi. SHu sababli bo'lsa kerak, ko'plab futbolchilar namanganliklar safida o'ynashni istashadi. Kecha “Navbahor” ishtirokidagi o'yinlar videoroligini ko'rib, tahlil qildim. Albatta, jamoaning o'yinini kuchaytirish borasida o'z g'oyalarim bor. O'zingizga malum, futbolda asosiysi natija. Bundan tashqari, millionlar o'yinida vaqt ham muhim rol o'ynaydi. Hozir esa jamoa o'yiniga o'zgartirish kiritishga vaqtimiz juda kam. Birinchi davra yakunlanganidan tarkibni ko'rib chiqib, bu borada bir xulosaga kelamiz.

- “Navbahor” bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Men uchun shartnomaning qancha muddatga tuzilganligi unchalik ahamiyatga ega emas. Uni 6 oy yoki 10 yil muddatga imzolashim mumkin. “Navbahor”da jiddiy insonlar ishlashadi va asosiysi, o'zaro hamkorlik hamda ishonch asosida ishlashda. SHartnoma shunchaki rasmiy qog'oz. Takidlayman, muhimi, o'zaro ishonchga asoslangan hamkorlik. Mabodo sizni shartnoma muddati qiziqtiradigan bo'lsa, jamoa bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladim.
Niyatim, “Navbahor” bilan yuksak natijalarni qayd etish.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика