Deyan Jurjevich: "Ishlashda va mehnat qilishda davom etish kerak"
01 avg 2019 11:38
Yangiliklar


Deyan Jurjevich: "Ishlashda va mehnat qilishda davom etish kerak"
"Buxoro" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Deyan Jurjevich o'z fikrlarini bildirdi.
"Natijadan xafamiz. Birinchi taymda u qadar yaxshi o'ynay olmadik. Ikkinchi taymda o'yinimiz biroz yaxshilandi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, bizda bo'lgan vaziyatlardan gol ura olmasang juda qiyin bo'ladi. Biz 3 ochko qo'lga kiritishga biroz yaqinroq edik.
Bu hayot, ishlashda va mehnat qilishda davom etish kerak. Bizda barcha narsa yangi. Xatolar futbolning bir qismi.
Bugun "Navbahor" ochko yo'qotdi. Biz o'z maydonimizda yutqazib qo'yganimiz uchun ham bugun yutishimiz kerak edi", - deydi Deyan Jurjevich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar