Deyan Jurjevich Isfahonda
14 mar 2016 10:17
Yangiliklar


Deyan Jurjevich Isfahonda
O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Deyan Jurjevich shu kunlarda Eronning Isfahon shahrida bo'lib turibdi.
Serbiyalik murabbiy bu erga "Lokomotiv" futbol klubi bilan tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad, milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarni kuzatish. Xabaringiz bor, terma jamoamiz shu oyning o'zida ikkita rasmiy uchrashuv o'tkazadi: Filippin va Bahraynga qarshi. Mana shu o'yinlarga qaysi klubdan kimni chaqirish borasida murabbiylar selekciya ishlarini olib borishmoqda.
Ertaga bo'lib o'tadigan "Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvida Jurjevich "Loko"dan Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Server Jeparov, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, shuningdek raqib jamoadan Fozil Musaevning o'yinini kuzatib boradi.
O’xshash yangiliklar
07:51
Osiyo kubogi U-20. Bugun yoshlarimiz Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin
29

Fikrlar