So’nggi yangiliklar

22:46"Рома" — "Верона". Шомуродов асосий таркибда  6 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  210 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  4 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  135 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  40 20:54АПЛ. "Ман Сити" О'Райли ва Ковачичнинг голлари эвазига "Эвертон"ни мағлуб этди, Ҳусанов захирада қолдирилди  63 20:31"Барселона" ПСЖ юлдузини нишонга олди  28 20:01U-17 Осиё Кубоги финал учрашувининг ҳакамлари маълум  16 20:01Суперлига. "Воҳа дербиси" "Машъал" фойдасига ҳал бўлди  5 19:55"Олтин тўп" учун курашда фаворитлар рейтинги янгиланди  9 19:19Анчелотти келажаги ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади  7 18:52"Манчестер Юнайтед" ёзда АПЛда шу мавсум 8 та гол урган вингерни сотиб олмоқчи  2 18:24Тотти футбол тарихидаги энг кучли дарвозабонни айтди  15 17:37Расман: Космин Олариу — БАА терма жамоаси бош мураббийи  8 16:32Мбаппе "Атлетик Бильбао"га қарши ўйиндан олдин "Реал" машғулотида иштирок этмади  3

Devis – "Real"ning 2024 yilgi maqsadi. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan Yangiliklar

Devis – "Real"ning 2024 yilgi maqsadi. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan

Madridning "Real" klubi 2024 yilda "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis bilan shartnoma imzolamoqchi.

AS xabariga ko'ra, Madrid klubi kanadalik futbolchini 2024 yilning yozida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. "Real" Devisni keyingi bir necha yilda himoyaning chap qanotini kuchaytirish uchun eng yaxshi variant deb hisoblaydi.

"Real" 22 yoshli himoyachi haqida ijobiy malumotlar oldi – uning tezligi, kuchi va yuqori darajadagi tajribasi uning foydasiga gapiradi. "Real"dagilar futbolda tobora jismoniy holat muhim ahamiyat kasb etib borayotganini tushunadi, shu bois Devis klub rahbariyatiga manzur kelgan.

Qolaversa, "Real" vakillariga Devisning Kanada termasi tarkibida JCH-2022dagi o'yini yoqdi. Klubga futbolchining etakchilik fazilatlari yoqadi.

Alfonsoning "Bavariya" bilan bitimi 2025 yilning yozida tugaydi, shuning uchun "Real" Toni Kroos va Eden Azar bilan bo'lgan yo'ldan borishni istaydi. Madridliklar Devisning shartnoma muddati bir yil qolishini kutish niyatida va bu holatda uning narxi pastroq bo'lishini kutmoqda.

CHap qanot himoyachisi joriy mavsum "Bavariya" safida bara musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kanada terma jamoasi JCH-2022da 3 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика