Devid Moyes: "Tanaffusdan keyin "Arsenal"ga ustunlikni berib qo'ydik"
11 noy 2013 17:28
Yangiliklar


Devid Moyes: "Tanaffusdan keyin "Arsenal"ga ustunlikni berib qo'ydik"
"Arsenal" ustidan qozonilgan minimal hisobdagi (1:0) g'alabadan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes ikkinchi bo'limda atayin himoyaviy taktika tanlaganini tan oldi.
"Birinchi bo'limda raqibdan sezilarli darajada ustinroq o'yin namoyish etdik, deb o'ylayman. O'yinning dastlabki 30 daqiqasida raqib ustidan butunlay hukmronlikni o'rnatib oldik. Birinchi bo'limdan keyin esa, ularga maydondagi ustunlikni topshirdik va o'yinni qarshi hujum asosiga qurdik. Ikkinchi bo'limda hisobni yanada yiriklashtirishimiz mumkin edi. Buning uchun bir necha vaziyatlar yarata oldik. Umuman olganda, eng asosiysi - 3 ochkoni qo'lga kiritdik", deya marabbiy so'zlaridan Sky Sports iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar