Devid Moyes murabbiylar shtabini kuchaytiradi
18 noy 2013 13:45
Yangiliklar


Devid Moyes murabbiylar shtabini kuchaytiradi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes, murabbiylar shtabini kuchaytirishda davom etmoqda.
Xabarlarga qaraganda, Moyes premer-ligada elit o'yinchilar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Jon Mertoni “Old Trafford”ga o'tishga ko'ndirgan.
Moyes “Everton”da Merto bilan birga ishlagani bois, uni juda yaxshi taniydi. Biroq yangi mutaxassisning kelishi Angliya chempionlari Akademiyasi rahbari Brayan MakKlerning ishlariga hech qanday tasir ko'rsatmas ekan.
Skautlar xizmatini yana bir yangi mutaxassis, “CHelsi” klubi skautlari boshlig'i Mik Dogerti to'ldiradi. U ham Moyes bilan birgalikda “Everton”da ishlagan.
Manbaning xabariga ko'ra, Moyes o'z atrofida ishonchli va etarlicha tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarni yig'moqchi ekan. Ular yaqinda bo'lib o'tadigan transfer bozoridan ham faol ishtirok eta olishlari mumkin.

Fikrlar