Devid Moyes: "Evra va Ferdinand ketishi ham, qolishi ham mumkin"
08 fev 2014 18:40
Yangiliklar


Devid Moyes: "Evra va Ferdinand ketishi ham, qolishi ham mumkin"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa himoyachilari Patris Evra va Rio Ferdinandning yozda boshqa klubga o'tishi mumkinligini tasdiqlashni istamadi, biroq xabarni inkor ham qilmadi.
"Birdaniga uch nafar tajribali va yuqori saviyali himoyachilarimizni yo'qotishimiz mumkin. Ular o'z ishining ustasi bo'lgan, professional yigitlar. Ularga so'nggi paytda qiyin bo'lyapti, biroq ular hozircha biz bilan. Ulardan ikkitasi biz bilan qolishlari mumkin. Ketib qolishlari ham ehtimoldan holi emas", dedi murabbiy.

Fikrlar