Deulofeu: "Milanda tungi hayot Liverpuldagidan yorqinroq, ammo bu erga ishlagani keldim"
11 fev 2017 17:54
Yangiliklar
Deulofeu: "Milanda tungi hayot Liverpuldagidan yorqinroq, ammo bu erga ishlagani keldim"
"Everton" yarim himoyachisi, ijara asosida "Milan" sharafini himoya qilayotgan Xerard Deulofeu Milandagi hayoti haqida gapirib berdi.
"Maydondan tashqaridagi hayotimni xotirjam o'tkazaman, futbol bilan yashayman, bu erga ishlash uchun keldim. Milandagi tungi hayot Liverpuldagidan yorqinroq bo'lishiga qaramay, vaqti-vaqti bilan do'stlarim bilan kechki ovqat uchun ko'chaga chiqishim mumkin.
Himoyadagi o'yinim va jamoadoshlarim bilan o'zaro tushunib harakat qilishimni kuchaytirishim kerak. Vinchenco Montella menga ishonayotganini his qilyapman. Uning g'oyalari tushunarli va u ispan futboli kabi to'pga ko'proq egalik qilishni istaydi" - deydi Deulofeu.
Fikrlar