Deshamga yangi shartnoma taklif qilinadi
13 okt 2019 09:31
Yangiliklar


Deshamga yangi shartnoma taklif qilinadi
Franciya futbol federaciyasi (FFF) terma jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamning faoliyatidan qoniqish hosil qilmoqda.
SHu bois mutaxassis yana ikki yil mobaynida amaldagi jahon chempionlarini boshqarishi mumkin, deya xabar bermoqda L’Equipe nashri.
Malum bo'lishicha, Franciya terma jamoasi Evro-2020 bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritishi bilan FFF rahbari Noel le Gre murabbiyga amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirish uchun shartnoma taklif qiladi.
Franciya terma jamoasi ayni paytda o'z guruhida 18 ochko to'plab peshqadamlik qilmoqda. 11 oktyabr kuni Desham jamoasi safarda Islandiyani (1:0) taslim etdi. Uch ranglilar saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvni 14 oktyabr kuni Turkiyaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar