Desham Pogbaning doping bilan bog'liq muammolariga munosabat bildirdi
14 sen 2023 08:39
Yangiliklar
Desham Pogbaning doping bilan bog'liq muammolariga munosabat bildirdi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Pol Pogba bilan bog'liq yuzaga kelgan doping masalasi haqida gapirdi.
"Biz Pol bilan yozishdik, ammo u bilan hali gaplashganim yo'q. Yaqin kunlarda buning imkoni bo'ladi. Men judayam hayron qoldim. Uni yaxshi bilaman, Pogba ongli tarzda ularni istemol qilganini tasavvur qila olmayman. COVID-19 vakcinasi masalasida u bilan olib borgan bahs-munozaralarimizni eslayman.
Har qanday holatda ham taqiqlangan moddalar bor, agar qayta tahlillar buni bekor qilmasa. O'shanda barchasi aniq bo'ladi. Afsuski hozir Pol savollarga javob bera oladi deb o'ylamayman. Ammo bunga vaqt kerak", - dedi Desham.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Pol Pogba topshirgan tahlilda testosteronning yuqori darajasi qayd etilgandi. Futbolda esa bu taqiqlanadi. Pogba bu sabab 4 yilgacha chetlatilishi mumkin.
Fikrlar