So’nggi yangiliklar

03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  11 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  17 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   8 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  1 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  55 23:40Рўзиқул Бердиев: "Рубин Хебай бетоб экани сабаб бугун ўйнай олмади"  2 23:32РПЛ. "Рубин" Қозонда "Спартак"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 23:27АПЛ. Райснинг голи "Арсенал"ни МЮга қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  38 23:10Суперлига. "Навбаҳор" – "Динамо" 0:0, Ҳожимирзаев сўнгги дақиқаларда белгиланган пенальтини голга айлантира олмади  6 23:00Иван Бошкович: "Футболда барчаси ҳар доим сиз истагандек бўлавермайди"  5 22:55Ҳаким Фузайлов: "Мухлисларимизни 15 йил кутилган ғалаба билан табриклайман"  3 22:31Анвар Бердиев: "Хоразм" дарвозабони жуда яхши ўйнади"  6 22:15Ла Лига. "Реал" ўз уйида ғалаба қозониб, очколар бўйича "Барселона"га етиб олди  25 21:55Суперлига. Амалдаги чемпион мавсумни ғалаба билан бошлади  31 21:33"Реал" ёзда Родригони сотмайди - уни муҳим ўйинларда асосий футболчи сифатида кўришмоқда. Вингерга "Ман Сити" ва Саудия Арабистони клубларидан қизиқиш бор  2

Derdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi? Yangiliklar

Derdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi?

Bugun O'zPFL "Paxtakor" va Eren Derdiyok o'rtasidagi shartnoma bekor qilinganini malum qildi.

SHveycariyalik futbolchi endi erkin agent sifatida yangi jamoa bilan bitim imzolashi mumkin. Bunga o'tishdan oldin uning "Paxtakor"dagi faoliyatiga nazar solamiz.

Omadsiz transfer?

Derdiyok "Paxtakor"ga 2020 yilning yanvarida SHota Arveladze tomonidan olib kelindi. Toshkent klubi ishqibozlarining fikricha, mazkur o'tish jamoa tarixidagi omadsiz transferlardan biri hisoblanadi. Ular 2 narsadan norozi: Eren o'ziga to'langan maosh darajasida o'ynolmagani va u tufayli Igor Sergeev ketkazib yuborilgani.

Malumot uchun, 33 yoshli forvard "sherlar" libosida 46 uchrashuv o'tkazib, 18 golga mualliflik qilishni uddaladi. Gollardan 12 tasi Superliga, 3 tasi OCHL, qolgan 3 tasi O'zbekiston kubogi bahslarida urilgan.

Eren Derdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi?

Ushbu transfer klub uchun qanchalik omadli bo'ldi? Yuqoridagi malumotlar asosida o'zingiz xulosa yasashingiz mumkin. Biz esa shveycariyalik forvardning keyingi manzili haqida fikr yuritamiz.

Turkiya

Derdiyok ayni paytda Turkiyada bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, u 2014-2019 yillarda mazkur o'lkaning "Galatasaroy", "Gyoztepe" va "Qosimposho" klublari sharafini himoya qilgan edi. U 5 yil davomida Turkiya Superligasida 106 uchrashuv o'tkazib, 35 bor o'z nomini tabloga yozdirishni uddalagan. Biroq, uning yangi jamoasi Superliga vakili bo'lmaydi.

"Anqaragyuchu"

Turk Superligasining 2020-21 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, poytaxtning "Anqaragyuchu" klubi quyi divizionga ravona bo'ldi. Ayni paytda jamoa ustozi Mustafo Dalchi yangi mavsum uchun kerakli futbolchilarni yig'ish bilan band. Aytishlaricha, Erenning yangi klubi aynan "Anqaragyuchu" bo'ladi. Bu haqda turk matbuoti oxirgi 24 soatda bong urdi. Derdiyokning transferi hafta oxiriga qadar elon qilinishi kutilmoqda.

Maosh

"Paxtakor" matbuot xizmati 18 iyun kuni Erenning yillik maoshi 1,3 mln evro ekani haqida malumot bergan edi. SHveycariya terma jamoasining sobiq forvardi Anqarada Toshkentdagiga nisbatan 3 barobar kamroq pul topadi. "Hürriyet" gazetasining malum qilishicha, Derdiyokning "Anqaragyuchu"dagi yillik maoshi 400 ming evro atrofida bo'ladi.

Futbol xavf ostida

Muallif :
Reyting: -55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика