So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Derbilar davom etadi yoxud bugun Madridning ikki superklubi to'qnashadi (Prevyu) Yangiliklar

Derbilar davom etadi yoxud bugun Madridning ikki superklubi to'qnashadi (Prevyu)

Teglar :  RealAtletiko
Bugun LaLiganing 31-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Atletiko"ni qabul qiladi.

"Real" (Madrid) - "Atletiko" (Madrid)
8 aprel 2018 yil. Madrid, "Santyago Bernabeu"
Diskvalifiya
: yo'q
Jarohatlanganlar: Nacho - SHime Vrsalko, Xose Mariya Ximenes, Filipe Luis.

Madrid derbisi - LaLiga 31-turining markaziy uchrashuvidir. Poytaxtning ikki jamoasi ham "Barselona"ni quvib eta olishmaydi. Jamoalar ikkinchi o'rin uchun kurash olib borishmoqda. Uchrashuvgacha "matraschilar" "blankos"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Ularning ortidan "Valensiya" izma-iz taqib qilib kelmoqda. Jamoalarning yig'gan ochkolariga ahamiyat bergan bo'lsak, ular 2-o'rin uchun mavsum yakuniga qadar kurashishlari aniq.

Jamoalar principial raqib hisoblanishi hech kimga sir emas. "Real" bu raqibini ikki bora ECHL finalida mag'lub etgan. O'tgan mavsumda esa ushbu musobaqaning yarim finalida ikki o'yin hisobiga ko'ra taslim etdi. Ilk bahsda Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etdi. Ikkinchi uchrashuvda esa "Atletiko" 2:1 hisobidagi foydasiz g'alabaga erishdi. Tomonlarning milliy chempionatdagi ilk uchrashuvi zerikarli o'tdi va gollar urilmadi.

"Real" derbiga jangovor kayfiyatda bormoqda. Zinedin Zidan jamoasi ketma ket 6 uchrashuvda g'alaba qozondi. Ularning uchtasida yirik hisob qayd etildi. "Blankos" chempionatda "Xetafe" (3:1), "Eybar" (2:1), "Jirona" (6:3) va "Las-Palmas"ni (3:0), ECHLda esa safarda Franciyaning PSJ (2:1) hamda Italiyaning "Yuventus" (3:0) jamoalari dog'da qoldirildi.

O'z navbatida "Atletiko" ham yaxshi o'ynamoqda. Biroq ular LaLiga doirasida o'tgan so'nggi 2 safar bahslarida mag'lub bo'ldi. Oldiniga "Barselona"ga 0:1, keyinchalik "Vilyarreal"ga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Simeone jamoasi LaLiganing 30-turida Gameyroning penaltisi evaziga g'alabaga erishdi.

TAXMINIY TARKIBLAR

O'ZARO O'YINLAR

Jamoalar barcha turnirlarda o'zaro 172 bora to'qnash kelishgan. SHularning 91tasida "Real", 42tasida "Atletiko"ning qo'li baland kelgan. 39 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. "Real" 300 gol urib, 223ta to'p o'tkazib yuborgan. Ikki jamoaning ham eng yirik g'alabasi 5:0ga teng.

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN

Madrid. Stadion "Vanda Metropolitano". 66 591 tomoshabin

"Atletiko" - "Real" 0:0 

"Atletiko": Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Lukas, Gabi, Tomas (Ferreyra-Karrasko, 54), Saul, Koke, Korrea (Gameyro, 77), Grizmann (Torres, 76) 

"Real": Kasilya, Karvaxal, Ramos (Nacho, 46), Varan, Marselo, Kazemiro, Modrich, Kroos, Isko, Ronaldu, Benzema (Asensio, 76) 

Ogohlantirishlar: Savich, 34, Saul, 63, Koke, 70, Xuanfran, 77, Lukas, 82, Godin, 89 - Karvaxal, 20, Nacho, 82

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика